Garbis İstanbulluoğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Garbis İstanbulluoğlu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Garbis İstanbulluoğlu
Tavallud sanasi 24-fevral 1927-yil
Tavallud joyi Istanbul, Turkiya
Vafot sanasi 17-fevral 1994-yil(1994-02-17)
(66 yoshda)
Vafot joyi Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1947—1950 Kadırgaspor
1950—1957 Vefa S.K. 90 (52)
1957—1960 Taksim SK
Milliy terma jamoa
1952—1953 Turkiya 4 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Garbis İstanbulluoğlu (1927-yil 24-fevral — 1994-yil 17-fevral), Tenekeci Gabris laqabi bilan tanilgan[1] sobiq turk futbolchisi va murabbiyi boʻlgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asli arman millatiga mansub[2][3] Garbis Istanbulning Fotih shahridagi Kadirga mahallasida tugʻilgan. Uning otasi tunukachi boʻlgan, Garbis esa otasining kasbi (Tenekeji turkcha tunukachi) boʻlgani uchun muxlislar va matbuot tomonidan „Tenekeci Garbis“ deb atalgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

İstanbulluoğlu oʻzining mahalliy jamoasi Kadirgaspor bilan futbol oʻynay boshlagan. U 1950-yilda „Vefa SK“ga kelib qoʻshilgan va u yerda 90ta oʻyinda maydonga tushib, 52ta gol urgan. U „Taksim SK“ jamoasida ham uch mavsum oʻynagan.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

İstanbulluoğlu birinchi boʻlib  Turkiya sharafini himoya qilgan asli arman millatiga mansub futbolchi hisoblanadi[5]. U ilk bor Turkiya terma jamoasi safida 1952-yil 1-iyun kuni Anqarada Shveysariyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha uchrashuvida gol urgan[6]. U Turkiya terma jamoasi safida toʻrt marta maydonga tushib, uchta gol urgan. 1953-yil 11-dekabrda Istanbulda Italiya (B) jamoasiga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibda oʻynagan. Biroq bu oʻyin FIFA uchun rasmiy oʻyin hisoblanmaydi[7].

Murabbiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyatini Taksim SKda boshlagan. 1967\1968-yilgi mavsumda u Taksim SK Turk 2 ligasidada Mehmet Ali Hasning yordamchisi boʻlgan. Keyingi yili u Taksim SKning texnik direktori lavozimiga 1974-yilgacha tayinlangan va jamoa Turk havaskorlar ligasiga tushib ketgan. U shuningdek, Shishli SK boshqaruvchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Har ikki jamoa ham Istanbuldagi arman jamiyati vakillik qiladigan klublar sirasiga kirgan.

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

İstanbulluoğlu 1994-yil 17-fevralda Istanbulda vafot etgan va Shishli arman qabristoniga dafn qilingan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga
Oʻyin Gol
Vefa SK 1950-51 12 7
1951-52 13 8
1952-53 13 8
1953-54 16 13
1954-55 17 11
1955-56 12 2
1956-57 17 3
Jami 90 52

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Assis
Turkiya 1952-yil 2 1 -
1953-yil 2 2 -
Jami 4 3 -

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kadırga'da Futbol Kültürü“ (Tr). Turkish Football Federation (6-oktabr 2005-yil). 8-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2020-yil.
  2. Forvet. „Garbis İstanbulluoğlu (Vefa) @ Mackolik.com“. Mackolik.com. 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2012-yil.
  3. „Türkiye takımında bir Garo... - TANIL BORA“. Radikal.
  4. Aslan. „S A B A H O N L I N E 01.09.2001“. arsiv.sabah.com.tr.
  5. „arxiv nusxasi“. 9-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  6. „1951-1952 Turkish National Team“. www.angelfire.com.
  7. „1953-1954 Turkish National Team“. www.angelfire.com.