Gaptenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaptenlar (yun. hapto — oʻzaro taʼsirlashish) — antigenlik xususiyatiga toʻla ega boʻlmagan kimyoviy moddalar. Ular tegishli antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻziga xos oʻzaro taʼsirlashish xususiyatiga ega. Toʻla qiymatli antigenlardan oʻzi mustaqil holatda immun javob qaytara olmasligi bilan farq qiladi. Gaptenlar aksariyat oqsillar bilan bogʻlab, ularga immunogenlik berish mumkin. Hayvonlar organizmiga bunday kompleks yuborilganda antitelolar hosil boʻladi. Har xil tabiatli moddalar — aminokislotalar, peptidlar, sahara, polisaharidlar, nukleotidlar, nuklein kislotalar, lipidlar, steroidlar, vitaminlar, antibiotiklar va b. G.ga misol boʻla oladi. Allergenlar deb ataladigan baʼzi G. organizmga kirib, toʻqimalar oqsillari bilan birikkach, allergiya paydo qilishi mumkin.Gaptenlarning allergiya chiqarish xususiyati allergenlarnikidan yuqori

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil