Gannibal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gannibal
Mommsen p265.jpg
Tugʻilgan sanasi mil. av. 247
Tugʻilgan joyi Karfagen
Vafot sanasi mil. av. 183
Vafot joyi Vifiniya
Xizmatdagi yillari mil. av. 218 - 201
Qoʻmondonlik qilgan 2-Puni urushida Karfagen sarkardasi
Jang/urush 2-Puni urushi
Aloqa Gamilkar Barka

Gannibal, Ann i bal Barka (mil. av. taxminan 247 yoki 246, Karfagen — mil. av. 183, Vifiniya) —Karfagen sarkardasi. Gamilʼkar Barkanchnt oʻgʻli. 2-Puni urushi davri (218—201) da Alp togʻlaridan oshib oʻtib, Titsin, Trebbiya daryolari (218), Trazimen koʻli (217), Kanna (216) yaqinida rimliklar ustidan gʻalaba qozongan. Zama (Shim. Afrika) yonidagi jang (202) da G. Rim qoʻshinidan magʻlubiyatga uchragan va Rim shartlari asosida sulh bitimi imzolashga majbur boʻlgan. Urushdan soʻng G. Karfagenni boshkargan. Rimga qarshi yangidan urush ochishga tayyorgarlik koʻrayotganidan Rimdagilar xabardor boʻlib qolganlaridan xavfsiragan G. Suriya podshosi Antiox III huzuriga qochib borib uning harbiy maslahatchisi boʻlgan. Antiox III Rimga qarshi urush (mil. av. 192— 188)da yengilgach, rimliklar G.ni berishni talab qilganlar. G. Armaniston, soʻngra Vifiniyaga yashiringan. Vifiniya podshosi Prusiy Rim tazyiqi ostida G.ni ular qoʻliga topshirmoqchi boʻlganidan xabar topgan G. zahar ichib oʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil