Gandisishan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gandisishan, Transhimolay togʻlari — Tibet togʻliginingjanubidagi togʻlar, Xitoyda, Himolay togʻlariga parallel, 1600 km masofaga choʻzilgan, kengligi 300 km gacha. Ularni janubiy da Sangpo (Brahmaputra) va Hind (yuqorida) daryosi vodiylari ajratib turadi. G. alp burmalanishida hosil boʻlgan. Ohaktosh, slanes, kvarsit va granitlardan tarkib topgan. Eng katga tizmalari: janubida Kaylas va Nyenchen-Tangla, shimolida Alinggangri. Eng baland choʻqqilari: Alinggangri (7315 m), Nsnchen-Tangla (7088 m). Qor va kichikroqmuzliklar bilan qoplangan. Tibetning bosh shaxriLxasa ana shu togʻlar orasida. Togʻ-tundra va togʻ-oʻtloq usimliklari oʻsadi. Koʻl koʻp.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil