Gamilkar Barka
| Gamilkar Barka | |
|---|---|
|
| |
| Taxallus(lar)i | Barka (chaqmoq) |
| Tavalludi |
miloddan avalgi 275-yil Karfagen |
| Vafoti |
miloddan avalgi 228-yil Ispaniya |
| Fuqaroligi | Karfagen |
| Bolalari | Gannibal, Gasdrubal Barka |
Gamilkar Barka (miloddan avvalgi 228-yilda vafot etgan) – karfagenlik sarkarda va davlat arbobi. Gannibal, Gasdrubal va Magon Barkalar, Gamilkar Barkaning farzandlari.
Gamilkar miloddan avvalgi 247–241-yillarda boʻlib oʻtgan Birinchi Puni urushi davrida Sitsiliyada harbiy harakatlarga boshchilik qilgan, biroq urushda burilish yasay olmagan. Miloddan avvalgi 241-yilda Rim bilan tinchlik shartnomasini tuzib, Karfagenning harbiy salohiyatini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. Miloddan avvalgi 240–238-yillarda yollanma askarlar qoʻzgʻolonini bostirishga rahbarlik qilgan, soʻng Afrikaning Karfagen hududi sohillarida nazoratni tiklagan. Miloddan avvalgi 237-yilda Ispaniyaga qoʻshin tushirgan. Toʻqqiz yillik urushlar davomida u ushbu mamlakatning katta qismini zabt etgan va bu hududda deyarli cheklanmagan hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. Miloddan avvalgi 228-yilda iberlar bilan jangda halok boʻlgan.
Gamilkar Rimning murosasiz dushmani hisoblangan va bu dushmanlik, uning oʻgʻillari hukmronligi davrlarida ham davom etgan. Ularning kattasi – Gannibal – Ikkinchi Puni urushini boshlab, rimliklarga bir qator ogʻir magʻlubiyatlar yetkazgan.
Ism etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gamilkar ismi finikiya tilida unli harflarsiz – Ḥmlqrt shaklida yozilgan. Bu Melkartning akasi maʼnosini anglatuvchi Finikiyada keng tarqalgan ism. Barka laqabi finikiycha brq yoki baraq soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „chaqmoq“ degani va shu bois ellinlar dunyosida keng tarqalgan Keravn laqabiga toʻgʻri keladi. Ehtimol, Gamilkar bu laqabni Birinchi Puni urushi paytidagi taktikasi uchun olgandir[1]. Boshqa bir qarashga koʻra esa, bu laqab u mansub boʻlgan urugʻga xos boʻlgan[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Габриэль Р. 2012, С.20.
- ↑ Родионов Е. 2005, С.124.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birlamchi manbalar
- Аппиан Александрийский. Римская история. СПб.: Алетейя, 2004. ISBN 5-89329-676-1.
- Валерий Максим. Andoza:Нп5. СПб.: Издательство СПбГУ, 2007. ISBN 978-5-288-04267-6.
- Диодор Сицилийский. „Историческая библиотека“. Сайт «Симпосий». Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
- Иоанн Зонара. Epitome historiarum. Leipzig: Leipzae, 1869.
- Корнелий Непот. „О великих иноземных полководцах“. Гамилькар. Сайт «История Древнего Рима». Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
- Тит Ливий. История Рима от основания города. М.: Наука, 1991. ISBN 5-02-008951-6.
- Павел Орозий. История против язычников. СПб.: Издательство Олега Абышко, 2004. ISBN 5-7435-0214-5.
- Полибий. Всеобщая история. М.: АСТ, 1994 — 768-bet. ISBN 5-02-028227-8.
- Марк Туллий Цицерон „Об обязанностях“, . О государстве. О законах. О старости. О дружбе. Об обязанностях. Речи. Письма. М.: Мысль, 1999. ISBN 5-244-00917-6.
- Юстин. Эпитома сочинения Помпея Трога. СПб.: Издательство СПбГУ, 2005. ISBN 5-288-03708-6.
- Ikkilamchi manbalar
- Burian J.. Hannibal, Praha, 1967. ISBN 510-21-8.5.
- Seibert J.. Hannibal, Darmstadt, 1993. ISBN 3-534-12029-9.
- Габриэль Р.. Ганнибал. Военная биография величайшего врага Рима, Memorialis. М.: Центрполиграф, 2012. ISBN 978-5-227-03130-3.
- Кораблёв И.. Ганнибал. М.: Наука, 1981.
- Лансель С.. Ганнибал, Жизнь замечательных людей. М.: Молодая гвардия, 2002. ISBN 5-235-02483-4.
- Мишулин А.. Античная Испания. М.: Издательство АН СССР, 1959.
- Родионов Е.. Пунические войны. СПб.: СПбГУ, 2005. ISBN 5-288-03650-0.
- Циркин Ю.. История древней Испании. СПб.: СПбГУ, 2011. ISBN 978-5-8465-1009-8.
