Galkinish gaz koni
Galkinish gaz koni | |
---|---|
Operator | Turkmangaz |
Ishlab chiqarish | |
Recoverable gas | 2,800×10 9 m3 (99×10 12 cu ft) |
Galkinish gaz koni, eski nomlari Yoʻloʻtan gaz koni yoki Janubiy Yoʻloʻtan – Usmon koni, – Turkmanistonning Mari viloyati Yoʻloʻtan shahri yaqinidagi tabiiy gaz koni. Jahondagi oltinchi yirik gaz koni[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gaz koni 2006-yil 2-noyabrda topilgan[3]. Mamlakatning oʻsha vaqtdagi prezidenti Saparmurod Niyozov Xitoyning CNPC hamda Turkiyaning Çalik Enerji kompaniyalarini Yoʻloʻtan konida geologiya-razvetka va qazish ishlariga taklif qilgan[4]. 2008-yil gaz koni Gaffney, Cline & Associates tomonidan tekshirilgan[5][6]. Gaffney, Cline and Associates (GCA) maʼlumotlariga koʻra, Galkinish Davlatobod gaz konidan besh marta katta va dunyoning toʻrtinchi yoki beshinchi eng yirik gaz koni[7].
2009-yil dekabrda CNPC, Hyundai Engineering va Petrofac konda qazish ishlari boʻyicha shartnomani qoʻlga kiritadi[8].
2011-yil noyabrda kon nomi Galkinishga oʻzgartiriladi[9]. Qazib olish 2013-yil sentyabrda boshlangan[10].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kon 4 and 14 trillion cubic metre (140×10 12 and 490×10 12 cu ft) boʻlgan ehtimoliy tabiiy gaz zaxiralari hamda 2.8 trillion cubic metre (99×10 12 cu ft) boʻlgan tijoriy zaxiralari bilan dunyodagi beshinchi eng yirik gaz koni hisoblanadi[5][6][11]. 2,700 square kilometre (1,000 kv mi) maydonni egallaydigan konning uzunligi 90 kilometr (56 mi), kengligi 30 kilometr (19 mi), chuqurligi 3,900 to 5,100 metr (12,800 to 16,700 ft)[12]. Galkinish Yoʻloʻtan, Minora, Usmon va Yoshlar konlaridan iborat[9]. Yaqin atrofida Gunorta Garakel, Garakel, Giurgiu, Gazanli, Gundogar Yoʻloʻtan va Gunbotar Yandakli kabi gaz hududlari joylashgan[12].
Neft zaxiralari 300 million tonna. Galkinishda qazib olingan xom neft Seydi neftni qayta ishlash zavodiga tashiladi.
Qazish ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kondan Turkmangaz gaz qaziydi. CNPC, Hyundai Engineering va Petrofac gazni qayta ishlash zavodlarini qurgan[8][13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „20 Largest Natural Gas Fields in the World“ (en). www.worldlistmania.com. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-sentyabr.
- ↑ „The Largest Natural Gas Fields In The World“ (en). www.worldatlas.com. 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Turkmen leader claims massive new gas find“. Reuters (2006-yil 2-noyabr). 2020-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-iyul.
- ↑ „Turkmenistan gives CNPC $152 mln gas drilling deal“. Reuters (2006-yil 21-noyabr). 2020-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 Olzhas Auyezov.. „Turkmen gas reserves audit to continue in 2009 -GCA“. Reuters (2008-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 12-may.
- ↑ 6,0 6,1 Guy Chazan.. „Turkmenistan Gas Field Is One of World's Largest“. The Wall Street Journal (2008-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 16-iyul.
- ↑ Bruce Pannier.. „Independent Audit Shows Turkmen Gas Field 'World-Class'“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2008-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 7-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 Dmitry Sergeyev; Robin Paxton.. „S.Korea, China, UAE win Turkmen gas deal - sources“. Reuters (2009-yil 29-dekabr). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 „Turkmenistan's super-giant gas field renamed as "Galkynysh"“. Turkmenistan.ru (2011-yil 20-noyabr). 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-mart.
- ↑ Gurt, Marat. „China asserts clout in Central Asia with huge Turkmen gas project“. Reuters (2013-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-noyabr.
- ↑ Daly, J.C.K.. „Iran in Turkmen natural gas fields, U.S. and Russia left out“. Tehran Times (2009-yil 21-fevral). Qaraldi: 2009-yil 16-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Turkmenistan discovers large gas fields in east of country“. Trend Capital (2009-yil 26-iyun). Qaraldi: 2009-yil 16-iyul.
- ↑ „Turkmenistan rapidly provides large Galkynysh gas field with necessary facilities“. Trend Capital (2013-yil 19-aprel). Qaraldi: 2013-yil 25-aprel.