Kontent qismiga oʻtish

Galadriel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Galadriel
Tolkien obrazi
Muallif(lar) J. R. R. Tolkien
Umumiy maʼlumotlar
Bolalari Celebrían
Book(s) Uzuklar ittifoqi (1954)
Qirolning qaytishi (1955)
Silmarillion (1977)
Unfinished Tales (1980)

Galadriel – J. R. R. Tolkien tomonidan oʻylab topilgan Oʻrta Yer haqidagi asarlarda mavjud qahramon. „Uzuklar hukmdori“, „Silmarillion“ va „Unfinished Tales“ asarlarida uchraydi. U ham noldor, ham teleri elflaridan boʻlib, qirollar Finwë va Olwëning nabirasi boʻlgan. Shuningdek, buvisi Indis orqali vanyarlar qiroli Ingwëga ham yaqin qarindosh. Galadriel noldorlar qoʻzgʻolonida yetakchilik qilgan va Birinchi davrda ularning Valinordan qochish paytida ishtirok etgan. Oʻrta Yerda oʻtgan umrining soʻnggi paytida, eri Celeborn bilan birga Lothlorienni boshqargan. Lorien xonimi, Galadhrim bekasi, Nur sohibasi yoki Zarhal oʻrmon malikasi oʻlaroq tanilgan. Qizi Celebrian Elrondning rafiqasi hamda Arwen, Elladan va Elrohirning onasi boʻlgan. Tolkien uni „Oʻrta Yerda qolgan barcha elflarning eng qudratli va eng goʻzali“ (Gil-galadning vafotidan soʻng)[T 1] va „elf ayollarining eng buyugi“ deya taʼriflagan[T 2].

Tolkienshunos Tom Shippey Galadriel Tolkienning qadimgi ingliz tilidagi saqlanib qolgan ishoralarga asoslanib, elf obrazini qayta yaratishga boʻlgan urinishini aks ettirgan deya yozadi. Tolkien oʻz elflarini nasroniy oʻrta ingliz tilida bitilgan „The Early South English Legendary“ asaridagi malaklarga oʻxshash elflar bilan qiyoslagan. Sarah Downey Galadrielni oʻrta asr allegoriyasidagi samoviy ayolga, Dantening Beatricesi va XIV asr ingliz sheʼriyatidagi „Pearl“ poemasining marvarid qizi singari yoʻl koʻrsatuvchi timsolga oʻxshatadi. Yana bir olim Marjorie Burns esa Galadrielni koʻplab jihatlarda Rider Haggardning Ayesha personaji hamda Tennisonning „The Lady of Shalott“ asaridagi ayol obrazi bilan taqqoslaydi. Bu ikki obraz ham Artur haqidagi afsonalarning qayta ishlangan timsollaridandir. Yorugʻlik sohibasi Galadriel, Yagona uzukni yoʻq qilishda Frodoga yordam berishi va zulmatning ulkan hamda yovuz urgʻochi oʻrgimchagi Shelobga qarshi turishi, Homerning „Odisseya“ asaridagi qarama-qarshi ayol qahramonlariga oʻxshatilgan. Ushbu taqqoslovda Galadriel Kirke va Kalipsoga oʻxshaydi, chunki ular Odisseyning safarida qudratli va dono homiylar oʻlaroq unga yordam bergan. Boshqa tomondan, Shelob jozibador sirenlar hamda halokatli Ssilla va Xaribda kabi xavf-xatarlarni aks ettirgan.

Zamonaviy qoʻshiqnavislar Galadriel haqida qoʻshiqlar yaratgan. Tolkienning „Namárië“ sheʼriga Donald Swann musiqa bastaladi. Galadriel animatsion filmlarda ham, jonli filmlarda ham, televideniyeda ham suratga tushgan. Ushbu qahramonni Peter Jacksonning trilogiyalarida Cate Blanchett, „The Lord of the Rings: The Rings of Power“ serialida esa Morfydd Clark gavdalantirgan.

Toʻqima biografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galadrielning Uzuk urushidan oldingi hayoti haqidagi hikoyalar „Silmarillion“ va „Unfinished Tales“ asarlarida boshlanadi[T 3][T 1]. U Finwë qirollik xonadoni aʼzosi, Valinorda tugʻilgan. Noldor shahzodasi Finarfin va Lúthienning amakivachchasi hamda Olwëning qizi boʻlmish Eärwenning yagona qizi va kenja farzandi boʻlgan. Katta akalari Finrod Felagund, Angrod va Aegnor edi. Galadriel koʻpincha Aman yoki Oʻrta Yerdagi barcha elflarning eng goʻzali deb atalgan. Boshqalarning ongiga kirib, ularni adolatli baholay olardi[T 3].

Tolkienning „The Road Goes Ever On“ asarida yozilgan va „Silmarillion“da qoʻllanilgan hikoyasining dastlabki talqiniga koʻra, Galadriel noldorlar qoʻzgʻoloni va ularning Valinordan qochishida faol ishtirokchi etgan hamda yetakchi boʻlgan[T 4][T 5]. „oʻsha davrlarda oʻzini munosib tutgan yagona ayol“ deya taʼriflanadi. Biroq, Fëanor va oʻgʻillari bilan allaqachon aloqani uzgan edi. Beleriandda Nargothrondagi akasi Finrod Felagund bilan birgalikda Doriatdagi Thingol va Melian saroyida yashagan. Oʻsha davrlarning baʼzi oshkor etib boʻlmas sirlarini saqlagan. Melaniga silmarillar va Morgoth tomonidan Finvëning oʻldirilishi haqidagi shafqatsiz hikoyaning bir qismini soʻzlab bergan, ammo elflarning elflar tomonidan oʻldirilishi haqida hech narsa aytmagan[T 6].

Ikkinchi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galadriel va Celeborn birinchi boʻlib Lindonga sayohat qilib, bu yerda ular bir guruh elflar ustidan hukmronlik qilishgan va oʻzlari esa Gil-galad tomonidan boshqarilgan. Galadriel va Celebornga oid maʼlumotlarga koʻra, ular keyin Nenuial (Evendim) koʻli qirgʻoqlariga koʻchib oʻtishgan va butun Eriador elflarining xoʻjayini va bekasi aylanishgan. Keyinchalik ular sharqqa tomon siljib, Eregion (Hollin) saltanatiga asos solganlar. Anduin daryosi vodiysidagi Nandorin aholi punkti bilan aloqa oʻrnatganlar, bu hudud Lothlórienga aylangan. Qaysidir paytda Celeborn va Galadriel Eregionni tark etib, Lothlorienga joylashdilar. Tolkienning baʼzi maʼlumotlariga koʻra, ular Ikkinchi davrda bir muddat Lórienning hukmdorlari boʻlishgan. Ammo barcha maʼlumotlarda ular uchinchi davrning oʻrtalarida Amroth yoʻqolib ketganidan keyin ushbu hudud hukmronligini oʻz qoʻliga olish uchun Lórienga qaytib kelishgan[T 3].

Celeborn va Galadrielning Celebrian ismli qizi bor edi, u rivendelllik yarimelf Elrondga turmushga chiqqan[T 2].

Ikkinchi Davr, Qudrat uzuklari yaratilgan paytda, Galadriel Celebrimborga uzuk yasash sanʼatini oʻrgatgan Annatar ismli ustoz-donishmandga ishonmadi. Baʼzi rivoyatlarga koʻra, Celebrimbor uning fikriga qarshi chiqib, Eregionda hokimiyatni egallab oldi. Buning natijasida Galadriel Moria darvozalari orqali Lorienga yoʻl oldi, ammo Celeborn gnomlar qal’asiga kirishni rad etib, ortda qoldi. Galadrielning shubhasi oʻrinli edi, chunki Annatar aslida Yovuzlik hukmdori Sauron boʻlib chiqdi. Sauron Eregionga hujum qilgan chogʻda, Celebrimbor elflarning uch uzugidan biri boʻlgan Nenyani Galadrielga ishonib topshirgan. Celeborn Elrond bilan birlashadi, ammo ularning kuchlari Eregionga yordam berolmadi, biroq Imladrisga qaytib qochishga erishadilar. Urush tugagach, Celeborn Galadriel bilan qayta uchrashdi. Bir manbaga koʻra, Imladrisda bir necha yil oʻtgach (aynan shu davrda Elrond Celebrianni ilk bor koʻrib, unga oshiq boʻlgan edi), Galadrielning dengizga boʻlgan sogʻinchi shunchalik kuchayadiki, er-xotin Belfalasga koʻchib ketishadi va keyinchalik Dol Amroth deb atalgan maskanda yashaydilar[T 3].

Uchinchi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Uzuklar ittifoqi“ida Galadriel Moriadan chiqib ketgach Lothlorienda ittifoqni qabul qiladi[T 7]. Zarhal oʻrmonda ittifoq bilan uchrashgan paytda, har bir aʼzoga izlanuvchan nigoh tashlab, ularning qatʼiyatini sinab koʻradi. Frodo Baggins Hokimi Mutlaq uzukni uning ixtiyoriga topshirishni taklif qilgach, malika sinovdan oʻtgan. Uzukning buzgʻunchi taʼsiri oʻzini „buyuk va daxshatli“ qilishini anglab hamda bir paytlar Oʻrta Yerga kelishiga sabab boʻlgan intilishlarini eslab, uni rad etadi. Oʻz uzugining qudrati barbod boʻlishiga, xalqi Yagona uzukning yoʻq qilinishi bilan kamayib, yoʻq boʻlib ketishiga hamda elflar va odamlar hukmronligidan yagona najot yoʻli nihoyat Valinorga qaytish ekanligiga iqror boʻladi[T 8].

Ittifoq Lothlorienni tark etganida, har bir aʼzoga sovgʻa va elf yopinchigʻini bergan va kengashni esa ham amaliy qoʻllab-quvvatlash, ham ishonch, umid va xayrixohlik ramzi sifatida taʼminlagan. Frodoga bergan sovgʻasi sehrli fial boʻlib, unda ozgina boʻlsa-da, Eärendil yulduzining nuri bor edi. Eri Celeborn ham ittifoqni elf qayiqlari bilan taʼminlaydi[T 9]. Ittifoq Lórienni tark etgan kuni, ammo ularga bu hali nomaʼlum chogʻda, Gendalf Gwaihir burguti bilan keladi. Galadriel uning yaralarini davolaydi va unga oq libos tuhfa etadi, ushbu kiyim uning sehrgarlar ordeni Istari boshligʻi oʻlaroq yangi maqomda ekanligini ifodalardi[T 10].

Sauron halok boʻlgach, Celeborn Lorien qoʻshinini Anduin daryosidan olib oʻtib, Dol Guldurni egalladi. Galadriel kelib, „qal’a devorlarini yakson etadi va chuqurlarini ochadi.[T 2]“ Nabirasi Arwenning qirol Aragorn bilan toʻyi uchun Minas Tiritga safar qiladi. Galadriel Elrond, Gandalf va Uzuk tashuvchilar Bilbo va Frodo bilan Buyuk dengizdan oʻtib Valinorga yoʻl olishadi. Shu bilan Uchinchi davr yakunlanadi[T 11]. Celeborn ortda qoldi va bu haqda Tolkien: „U oxir-oqibat Kulrang bandargohlarni izlagan kunning hech qanday qaydnomasi mavjud emas“ daya yozgan[T 12].

Xarakteristikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dúnedainlarning aytishicha, uning boʻyi ikki rangar yoki „odam boʻyi“ bilan teng boʻlib, taxminan 6 fut 4 dyuym (193 sm) edi[T 13]. Biroq, Galadrielning eng eʼtiborni tortadigan xususiyati uning goʻzal, uzun, kumushrang-oltinsimon sochlari edi[T 14][T 15]. „The Shibboleth of Fëanor“ nomli inshoda (unda Galadrielning isyonkor surguni va Celebornning telerilardan ekanligi tilga olingan) aytilishicha, Tirion elflarining fikriga koʻra, uning sochlari Laurelin va Telperion deb nomlangan Ikki daraxtning nurini oʻzida mujassam etgandi[T 14].

Eldarlar orasida ham u nihoyatda goʻzal deb tan olingan, sochlari esa tengsiz moʻjiza sanalgan. Sochlari otasi va buvisi Indisniki kabi tillarangda, ammo yanada goʻzal va porloq edi, chunki bu tillarang onasining yulduzsimon kumush tusiga ega sochlaridan taʼsirlangan. Eldarlarning aytishicha, Ikki daraxt – Laurelin va Telperionning nuri uning sochlariga oʻralashib qolgan[T 14].


Fëanor uning sochlarini juda yaxshi koʻrardi. Ana shu sochlar uni silmarillarni yaratishga ilhomlantirgan boʻlishi mumkin[T 14].

Koʻpchilik, Fëanorga Daraxtlar nurini saqlab qolish va uygʻunlashtirish gʻoyasini bergan bu gaplar, keyinchalik uning qoʻllarida silmarillar shaklida namoyon boʻlgan, deb hisoblagan. Chunki Fëanor Galadrielning sochlarini hayrat va zavq bilan tomosha qilardi[T 14].

Shunga qaramay, Galadriel Fëanorning hayratiga hech qachon javob qaytarmadi. Fëanor undan uch marta bir tutam soch soʻragan, u esa uch bora ham hatto bir tutam bermagan. Aytishlaricha, Valinor eldarlarining eng buyuklari hisoblangan bu ikki qarindosh bir umrga dushman boʻlib qolganlar[T 14].


Uning tabiati oʻzi kelib chiqqan eldarlarning xususiyatlari aralashmasidan iborat edi. Unda noldorlarning gʻururi va intilishlari mujassam boʻlib, bular vanyarlarning muloyimligi va ziyrakligi bilan uygʻunlashgan edi. Bu xislatlar otasi Finarfin va akasi Finroddan meros qolgan edi[T 14].

Finvening barcha avlodlari kabi magʻrur, kuchli va oʻzboshimcha edi, faqat Finarfin bundan mustasno edi. Barcha qarindoshlari orasida eng yaqin boʻlgan akasi Finrod singari, u ham uzoq yerlar va mulklar haqida orzu qilardi, ularni hech kimning nazoratisiz oʻz xohishiga koʻra boshqarishni istardi. Biroq uning qalbida vanyarlarning olijanob va saxovatli ruhi, valarlarga boʻlgan chuqur ehtiromi yashiringan edi, buni hech qachon unutolmasdi. Yoshligidanoq boshqalarning fikrini ilgʻab olish qobiliyatiga ega edi, ammo ularni rahmdillik va tushunish bilan baholardi hamda Fëanordan tashqari hech kimga xayrixohligini ayamasdi. Unda oʻzi nafratlanadigan va qoʻrqadigan zulmatni koʻrardi, lekin oʻsha yovuzlikning soyasi barcha noldorlarning va oʻzining ham ongiga tushganini sezmadi[T 14].

Galadriel, eri Celebornni gnomni Lothlorienga kiritish qaroridan afsuslanishga moyil boʻlgani uchun tanbeh berganida, uning Gimliga koʻrsatgan hamdardligi Gimlining koʻnglini butunlay zabt etdi[T 8].

Qarindoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shajarasi[T 14][T 16]
Maia
Melian
ThingolElmo §Teleri
Olwë
Noldor
Finwë
Vanyar
Indis
Galadhon §EärwenFinarfin
LúthienGalathil §CelebornGaladrielAngrodEdhellos ¶FinrodAegnor
DiorNimlothOrodreth ¶
ElurédElurínElwingFinduilasGil-galad
ElrosElrondCelebrían
Tar-Elendil
SilmariënTar-Meneldur
ElendilAr-Pharazôn
IsildurAnárion
ArveduiFíriel
Aranarth
AragornArwenElladanElrohir
Eldarion
Ranglar uchun kalit:
Rang Izoh
     Elf
     Odam
     Maiar
     Yarimelf
     Elflardek yashash qismatini tanlagan yarim elflar
     Foniy odamlardek yashash qismatini tanlagan yarim elf

§ Bu maʼlumotlar „Tugallanmagan ertaklar“da keltirilgan, biroq nashr etilgan „Silmarillion“da uchramaydi. 1968-yildan oldingi Selebornning (Sinda sifatida) nasabnomasi koʻrsatilgan. Keyingi yozuvlarda Seleborn (Teler sifatida) turli vaqtlarda Gilitironing oʻgʻli[T 17] va Olwëning nabirasi ekanligi aniq belgilangan[T 14].

¶ „Silmarillion“da Edellos uchramaydi, Orodreth Finarfinning oʻgʻli (Finduilasning otasi), Gil-galad esa Fingonning oʻgʻli sanaladi (shu sababli u bu shajara daraxtida boʻlmagan boʻlardi).

Soʻnggi oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tolkien umrining soʻnggi yillarida Galadriel va Celeborn hikoyasiga bir nechta oʻzgartirishlar kiritdi. „Uzuklar hukmdori“ asarida Celeborn „Thingolning qarindoshi“ deb taʼriflangan[T 18]; „The Road Goes Ever On“ kitobida sindarlardan biri sifatida tasvirlangan. „Silmarillion“ da qoʻshimcha qilinishicha, Galadriel va Celeborn Doriathda uchrashgan[T 19]. Tolkien 1968-yildan keyin yozilgan matnlarda oʻz fikrini oʻzgartirib, Celebornning kelib chiqishini Alqualondëning teleri elfiga almashtirgan[T 16][T 20][T 21]. U hali ham Thingolning qarindoshi edi, lekin faqat „uzoqdan“[T 21]. Bu keyingi tasavvurda, ular ikkisi Amanda uchrashgan edilar[T 16].

1967—1971-yillar oraligʻida Tolkin Galadriel noldorlar qoʻzgʻolonining rahbari (Uchinchi davr oxirida omon qolgan yagona) boʻlgani uchun Valinorga qaytish huquqidan mahrum boʻlganini bir necha bor taʼkidlagan[T 16][T 22][T 23]. Bu shaxsiy taqiq uning uzuk va hokimiyatdan voz kechganini tan olish uchun olib tashlandi[T 1][T 3]. „Uzuklar hukmdori“ yozilayotgan paytda bunday taqiq yoʻq edi[T 3].

1973-yil avgust oyida Tolkien Galadrielning boshqa isyonkor noldorlar bilan birga Beleriandga kelmaganini koʻrsatish uchun tarixni butunlay qayta yozishga qaror qilgan. Buning oʻrniga u „dogʻlanmagan“ (hech qanday yomonlik qilmagan) va oʻz qobiliyatlarini namoyon etish uchun Oʻrta Yerga borishni istagan. Biroq u va Celeborn valardan ruxsat soʻramoqchi boʻlganlarida, Valinor zulmatga choʻmdi. U Fëanorning qoʻzgʻolonida ishtirok etmadi va (akasi Finrod bilan birga) unga qarshi Qardoshlar qatlida kurashdi; lekin shunga qaramay, Valinordan umidini uzadi va Celeborn bilan birga qorongʻulikka qarab suzib ketadi[T 14][T 24][T 25]. Tolkien keyingi oyda vafot etadi va shu sababli bu tahririni yakunlay olmaydi[T 14].

  1. 1,0 1,1 1,2 Tolkien 1977, "Of the Rings of Power and the Third Age"
  2. 2,0 2,1 2,2 Tolkien 1955, Appendix B, "The Tale of Years"
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Tolkien 1980, 4. "The History of Galadriel and Celeborn", "Concerning Galadriel and Celeborn"
  4. Tolkien 1977, "Quenta Silmarillion", ch. 9 "Of the Flight of the Noldor"
  5. Tolkien 1980, part 2, ch. 4 "The History of Galadriel and Celeborn" discusses "the reasons and motives given for Galadriel's remaining in Middle-earth", citing The Road Goes Ever On.
  6. Tolkien 1977, "Quenta Silmarillion", ch. 15 "Of the Noldor in Beleriand"
  7. Tolkien 1954a, book 2 ch. 6 "Lothlórien"
  8. 8,0 8,1 Tolkien 1954a, book 2 ch. 7 "The Mirror of Galadriel"
  9. Tolkien 1954a, book 2 ch. 8 "Farewell to Lórien"
  10. Tolkien 1954, book 3, ch. 5 "The White Rider"
  11. Tolkien 1955, book 6, ch. 9 "The Grey Havens"
  12. Tolkien 1954a, "Prologue", "Note on the Shire Records"
  13. Tolkien 1980, part 3, ch. 1 "The Disaster of the Gladden Fields: Appendix (Númenórean Linear Measures)"
  14. 14,00 14,01 14,02 14,03 14,04 14,05 14,06 14,07 14,08 14,09 14,10 14,11 Tolkien 1980, part 2, ch. 4 "The History of Galadriel and Celeborn"
  15. Carpenter 2023, #348 to C. Findlay, March 1973
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Tolkien 1996, "The Shibboleth of Fëanor"
  17. Tolkien 2024, p. 143
  18. Tolkien 1955, Appendix B
  19. Tolkien 1977, "Quenta Silmarillion", ch. 13 "Of the Return of the Noldor"
  20. Tolkien 2005
  21. 21,0 21,1 Carpenter 2023, #347 to Richard Jeffery, 17 December 1972
  22. Tolkien 1996, "Of Dwarves and Men"
  23. Carpenter 2023, #297, drafts for a letter to 'Mr Rang', August 1967
  24. Carpenter 2023, #353 to Lord Halsbury, 4 August 1973
  25. Tolkien 1993, p. 128