Gabriele Capanni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabriele Capanni
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-dekabr 2000-yil (2000-12-02) (23 yosh)
Tavallud joyi Città di Castello, Italiya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ternana
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2019 AC Milan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2022 AC Milan 0 (0)
2019—2020Novara (ijara) 11 (1)
2020Catania (ijara) 8 (0)
2020—2021Cesena (ijara) 15 (2)
2021—2022Ternana (ijara) 1 (0)
2022— Ternana 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-sentyabr uchun)

Gabriele Capanni (talaffuzi: Gabriele Kapanni) (2000-yil 2-dekabrda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Hozirgi kunda Gabriele Capanni B seriyaning "Ternana " klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

AC Milan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabriele Capanni „Milan“ yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Gabriele Capanni 2017—2018-yilgi mavsumda „Milan“ yoshlar jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida oʻynay boshlagan[1]. Gabriele Capanni birinchi marta 2019-yilgi Xalqaro chempionlar kubogida kattalar tarkibiga kiritilgan.

"Novara" va "Cataniaʼ klublariga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 30-avgustda Gabriele Capanni C Seriyaning „Novara“ klubiga ijara asosida qoʻshildi[2]. Gabriele Capanni oʻzining professional C seriyasida „Novara“ klubi safida 5-oktyabr kuni „Pro Vercelli“ klubi bilan oʻyinda 69-daqiqada Diego Peraltaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[3]. Bir hafta oʻtgach, 13-oktyabr kuni Gabriele Capanni oʻzining professional faoliyatidagi birinchi golini „Giana Erminio“ klubiga qarshi oʻyinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib kiritdi[4]. Gabriele Capanni ilk bor 20-oktyabr kuni „Carrarese“ klubiga qarshi bahsda maydonga tushdi, 83 daqiqadan soʻng uning oʻrnini Angelo Tartaglia egalladi. Uch kundan soʻng Gabriele Capanni oʻzining birinchi toʻliq oʻyinini oʻtkazdi, safarda „Renate“ klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi[5][6]. 2020-yil yanvar oyida Gabriele Capannining ijara shartnomasi yakuniga yetdi va u mavsumning birinchi qismini 11 ta oʻyin (shulardan 3 tasida asosiy tarkibda) va 1 ta gol bilan yakunladi[7][8].

2020-yil 31-yanvarda Gabriele Capanni mavsumning ikkinchi qismi uchun C Seriyaning boshqa klubi „Catania“ga ijara asosida oʻtdi[9]. Ikki kundan soʻng Gabriele Capanni „Monopoli“ klubiga qarshi oʻyinning 56-daqiqasida Kevin Biondi oʻrniga maydonga tushib klubdagi debyutb oʻyinini oʻtkazdi[10]. 26-fevral kuni Gabriele Capanni oʻzining birinchi ttoʻliq oʻyinida maydonga tushdi. Jamoa „Picerno“ klubiga qarshi safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi, 59-daqiqada Gabriele Capannining oʻrnini Nana Welbeck egalladi[11]. Gabriele Capanni „Catania“ klubidagi 6 oylik ijara muddatini 8 ta oʻyin bilan yakunladi (ulardan 2 tasini pley-offda va 5 tasi boshlangʻich oʻyinda oʻtkazgan)[12].

"Cesena" klubiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 5-oktyabrda Gabriele Capanni C Seriyaning „Cesena“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi[13]. Olti kundan soʻng, 11-oktyabrda Gabriele Capanni oʻz uyida „FeralpiSalo“ klubiga qarshi oʻyinda (4:2) asosiy tarkibda debyut qildi[14]. 5-dekabr kuni Gabriele Capanni „Cesena“ klubi uchun oʻzining birinchi golini „Legnago Salus“ klubiga qarshi oʻyinning (0:1 hisob) 93-daqiqasida urdi[15]. Toʻqqiz kundan soʻng, 13-dekabr kuni Gabriele Capanni oʻzining ikkinchi golini safarda „Mantova“ klubiga qarshi oʻyinning 17-daqiqasida (0:4 hisobi) kiritdi[16]. Gabriele Capanni „Cesena“ klubi uchun ijara muddatini 15 ta oʻyinda, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan yakunladi[17].

Ternana[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 27-iyulida Gabriele Capanni B Seriyaning " Ternana " klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi[18]. Gabriele Capanni mavsumda klub safida bor yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazdi. 2022-yilning 8-avgustida Gabriele Capanni „Ternana“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[19].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni
Novara (ijara) 2019—2020 C seriya 11 1 0 0 11 1
Catania (ijara) 2019—2020 C seriya 6 0 2 0 8 0
Cesena (ijara) 2020—2021 C seriya 15 2 0 0 15 2
Umumiy 32 3 0 0 2 0 34 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile by TuttoCalciatori“ (Italian). Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  2. Novara (2019-yil 30-avgust). „UFFICIALE: GABRIELE CAPANNI È UN GIOCATORE DEL NOVARA“ (Italian). Press-reliz. 12-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. „Novara v Pro Vercelli game report“. Soccerway (2019-yil 5-oktyabr).
  4. „Giana Erminio vs. Novara - 13 October 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  5. „Novara vs. Carrarese - 20 October 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  6. „Renate vs. Novara - 23 October 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  7. „UFFICIALE: Novara, Capanni torna al Milan. Andrà al Catania - TUTTOmercatoWEB.com“ (it). www.tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  8. „Italy - G. Capanni - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  9. Catania (2020-yil 31-yanvar). „Gabriele Capanni dal Milan al Catania, a titolo temporaneo“ (Italian). Press-reliz.
  10. „Catania vs. Monopoli - 2 February 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  11. „Picerno vs. Catania - 26 February 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  12. „Italy - G. Capanni - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  13. „Tre arrivi in casa bianconera: ecco Gonnelli, Steffè e Capanni“ (it). calciocesena.com. Cesena (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  14. „Cesena vs. FeralpiSalò - 11 October 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  15. „Legnago Salus vs. Cesena - 5 December 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  16. „Mantova vs. Cesena - 13 December 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  17. „Italy - G. Capanni - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  18. „Dal Milan arriva l’esterno offensivo Gabriele Capanni“ (it). ternanacalcio.com. Ternana (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  19. „Dal Milan arriva a titolo definitivo Gabriele Capanni“ (it). Ternana (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.