Gabriel Milito
Gabriel Alejandro Milito (ispancha: Gabriel Alejandro Milito)—argentinalik futbolchi, markaziy himoyachi.1980-yil 7-sentabrda Buenos-Ayresning Bernal shahrida tugʻilgan. „Independiete“, „Real Saragosa“, „Barselona“ klublari va Argentina terma jamoasida futbol oʻynagan.Gabriel-Diego Militoning ukasi.2013-yil 28-dekabrda faoliyatini yakunladi. Hozir u murabbiy.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klublar miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
1997-yildan 2003-yilgacha Milito Argentina Primerasida „Independiete“ klubida oʻynagan.Uning akasi Diego „Independiete“ning asosiy raqibi „Racing“da hujumchi sifatida oʻynagan.
2003-yilda "Real Madrid" Gabriel Milito bilan shartnoma imzolashga tayyor edi, biroq u tizzasidan olgan jarohatidan toʻliq forigʻ boʻlmagani uchun Ispaniya superklubida tibbiy koʻrikdan oʻta olmadi.Shunga qaramay Milito Ispaniyada qoldi va keyinchalik akasi Diego koʻchib oʻtgan „Saragosa“ futbolchisiga aylandi.
2007-yilning yozida matbuotda Gabrielning "Yuventus" yoki "Barselona"ga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻldi.Natijada 10-iyul kuni „Real Saragosa“ „Barselona“ bilan kelishuvga erishdi va unga koʻra Milito 20,5 million yevro evaziga „Barselona“ning yangi futbolchisiga aylandi.U klub bilan mavsumiga 4 million yevro maosh evaziga toʻrt mavsumlik shartnoma imzoladi[1].
Yangi mavsum boshlanishidan oldin Milito oʻzining eski 3 raqamini yangi 18 raqamiga almashtirdi.2008-yil bahorida Gabi jiddiy jarohat oldi.Dastlabki tahlillarga koʻra u olti oydan 12 oygacha davolanishi kerak edi, ammo tiklanish kechikdi. Vaqt oʻtishi bilan Milito „Barselona“ning tarkibida oʻz oʻrnini yoʻqotdi.
569 kun davolangandan soʻng Gabi Milito „Barsa“ libosida maydonga tushdi.Himoyachi „Bolivar“ga qarshi mashgʻulotning dastlabki 45 daqiqasini maydonda oʻtkazdi va unda koʻk-anorranglilar raqiblarini 4:1 hisobida magʻlub etishdi.2010-yil 6-yanvarda jarohatdan soʻng birinchi marta „Barselona“ safida „Sevilya“ga qarshi „Qirol kubogi“ oʻyinida (1:2) maydonga tushdi.
2011-yil 4-avgustda Militoning „Barselona“ bilan shartnomasi tugadi, shundan soʻng futbolchi oʻzining „Independiete“ klubiga qaytdi va u bilan uch yillik shartnoma imzoladi[2][3][4][5].
Argentina chempionati (Klausura-2012) tugashiga ikki tur qolganida Gabriel mavsum tugagandan soʻng faoliyatini yakunlashini malum qildi.
Terma jamoa miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000-yilda debyut qilgan Argentina terma jamoasi bilan Milito 2005-yilgi Konfederasiyalar kubogi va 2006-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-2014-yillarda Gabi „Independiente“ zahira tarkibi bilan ishlagan.2015-yilning 16-aprelida u „Estudiantes“[6] bosh murabbiyi lavozimini egalladi.2015-yilning 5-dekabrida Liguilla Argentina (Liguilla pre-Sudamericana-2015) „Estudiantes“-"Olimpo" (4:0) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida Milito isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[7].
Gabriel Milito 2016-yilning may oyida „Independiente“ni qabul qilib olgandi.36 yoshli mutaxassis qoʻl ostidagi jamoa Argentina chempionatining 14 uchrashuvida 6 ta gʻalaba qozongan,4 marta durang oʻynagan, toʻrt marta magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.2016-yil dekabr oyida u ishdan boʻshatildi[8].2017-yilda u Chilining „O'Xiggins“ klubini boshqargan[9].
2019-yil 12-martda u ikkinchi marta „Estudiantes“ni boshqardi[10].2020-yil 4-mart kuni „Syudad de Lanus“ stadionida „Deportivo Laferrere“ klubiga qarshi Argentina kubogi 1/32 finalida „Estudiantes“ penaltilar seriyasida 4:5 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin (1:1) isteʼfoga chiqdi[11]..
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Argentina chempioni-2002 (Apertura)
- "Real Saragosa"
- Ispaniya kubogi sohibi-2004
- Ispaniya Superkubogi gʻolibi-2004
- "Barselona"
- Ispaniya chempioni-2008/09,2009/10,2010/11
- Ispaniya kubogi sohibi-2009
- Ispaniya Superkubogi sohibi-2009,2010
- Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi-2008/09,2010/11
- UEFA Superkubogi gʻolibi-2009
- Klublar oʻrtasidagi jahon chempioni-2009
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Gabriel Milito — igrok „Barseloni“[sayt ishlamaydi]. Football.ua 11-iyulya 2007
- ↑ „Milito rep la carta de llibertat“ (ca). Lloc web oficial del FC Barcelona (4-avgust 2011-yil). 26-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2011-yil.
- ↑ „Milito diu adéu amb 10 títols“ (ca). Lloc web oficial del FC Barcelona (4-avgust 2011-yil). 26-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2011-yil.
- ↑ „El regreso de un ídolo“ (es). Sitio oficial del Club Atlético Independiente (4-avgust 2011-yil). 1-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2011-yil.
- ↑ „Milito zurück in die Heimat“ (de). transfermarkt.de (5-avgust 2011-yil). 26-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2011-yil.
- ↑ „"Trabajo y dedicación no van a faltar"“ (es). Sitio oficial del Club Estudiantes de La Plata (16-aprel 2015-yil). 1-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2016-yil.
- ↑ „Milito: "Sentí que debía que cerrar este capítulo"“ (es). Sitio oficial del Club Estudiantes de La Plata (6-dekabr 2015-yil). 8-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2016-yil.
- ↑ „Габриэль Милито отправлен в отставку с поста главного тренера «Индепендьенте»“. 24-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Gabriel Milito será el nuevo entrenador de O’Higgins“ (es). CDF.cl (9-avgust 2017-yil). 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2017-yil.
- ↑ „Gabriel Milito inició su segundo ciclo en Estudiantes: «Queremos mejorar y apuntar a estar bien arriba»“ (es). Clarín (12-mart 2019-yil). 7-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-mart 2019-yil.
- ↑ „Gabriel Milito se va de Estudiantes“ (es). TyC Sports (4-mart 2020-yil). 31-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-noyabr 2020-yil.