Gabriel Batistuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gabriel Omar Batistuta (ispancha: Gabriel Omar Batistuta)-argentinalik futbolchi, hujumchi.U 1969-yil 1-fevralda Argentinaning Santa-Fe shahri,Rekontista hududida tugʻilgan.

Gabriel 2000/01-yilgi mavsumda Italiyada „Roma“ klubi bilan chempionatda gʻolib chiqdi.Chempionatda 20 ta gol urdi.

Gabriel Batistuta bolaligidayoq futbol iqtidorini namoyon etdi.U nafaqat futbolda balki basketbol va voleybolda ham yaxshi oʻynardi.Batistutaning iqtidorini „Nyuells Old Boyz“ klubi skautlari payqashgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Omar, onasi Gloriya.Opa-singillari Elis,Aleksandra,Gabriela

1990-yil 28-dekabrda oila qurgan.Xotini Irina, oʻgʻillari Tiago,Xoakin,Lukas,Shamel.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Nyuells Old Boyz" (1988-1989)[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 yoshida Batistuta „Nyuells Old Boyz“ jamoasida debyut qiladi. Ilk mavsumda yosh hujumchi 24 oʻyinda 7 gol urdi.Natijada Argentina futboli gegemonlaridan biri boʻlgan „River Pleyt“dan taklif boʻldi.

"River Pleyt" (1989-1990)[tahrir | manbasini tahrirlash]

"River Pleyt"da yosh hujumchi 21 oʻyinda 4 gol urdi.Shunga qaramay yana bir Argentina gigant klublaridan biri „Boka Xuniors“ uni oʻz safiga taklif etdi.

"Boka Xuniors" (1990-1991)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batistuta „Boka Xuniors“ bilan

Batistuta Argentinadagi faoliyatidagi eng yaxshi mavsum boʻldi.U 30 ta oʻyinda 13 gol urdi, bu yosh hujumchi uchun yomon emas edi.Italiyaning „Fiorentina“ skautlari ham xuddi shunday fikr yuritishdi.Batistutaga shaxsan „Fiorentina“ prezidenti Mario Chekki Gori qiziqish bildirgan.Shunday qilib u Argentinada oʻzi oʻynagan klublarda bir yildan ortiq ishlamadi.Italiya A seriyasiga oʻtish bu yangi bosqich edi.

"Fiorentina" (1991-2000)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Florensiyada 9 yil davomida Batistuta „Fiorentina“ va butun Italiya futbolining afsonasiga aylandi.Sheriklarining oʻyini va jamoaning musobaqadagi oʻrniga qaramay Batistuta doimiy ravishda eng yuqori darajadagi oʻyin koʻrsatib koʻplab gollar urdi.1991-yil nihoyat Argentina terma jamoasiga chaqiruv oladi va Amerika kubogi gʻolibiga aylandi.

A seriyadagi kuchli raqobat tufayli Batistutaning mahorati ham „Fiorentina“ga yuqori oʻrinlar uchun kurashishga yetarli emasdi.1992/93-yilgi mavsumda „Fiorentina“ A seriyani tark etadi.Lekin 1993/94-yilgi mavsumda aynan Batistutaning hizmatlari evaziga A seriyaga qaytib kelishadi.Oʻsha yili Gabriel Argentina bilan yana Amerika kubogida gʻalaba qozonadi.1994-yilda Italiya chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylanadi.Alfio Basile uni AQSH dagi Jahon chempionatiga olib boradi.1995/96-yilgi mavsumda Batistuta Italiyadagi ilk kubogini yaʼni Italiya kubogini qoʻlga kiritadi.1996/97-yilgi mavsumda Italiya superkubogini qoʻlga kiritdi. 98-yilda Daniel Passarella uni Frantsiyadagi Jahon chempionatiga olib boradi, Batistuta oʻz vatanida yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinadi. „Fiorentina“ muxlislari unga aqldan ozishdi, ular Batistuta haykali uchun mablagʻ yigʻishtirishadi. Ayni paytda Gabriel „Fiorentina“ tarkibida Italiya chempioni boʻla olmadi. U Rui Kosta, Enriko Kyeza, Anjelo Di Livio, Moreno Torricelli kabi ustalar bilan birga porlagan jamoa hali ham A Seriyaning boy va muvaffaqiyatli gigantlari — „Yuventus“, „Milan“, „Inter“ va „Roma“ bilan teng sharoitda raqobatlasha olmadi., koʻpincha birinchi toʻrtlikdan keyin oʻrinlarni egallab, faqat UEFA kubogida oʻynash huquqini beradi. 2000 yilda Batistuta Vittorio Chekki Gori prezidentligi davrida inqirozga uchragan „Fiorentina“ni tark etdi (u 1994 yilda otasi Mariodan klub tizginini oʻz zimmasiga oldi) va nihoyat gʻalaba qozonish umidida „Roma“ lageriga oʻtdi. Skudetto rimliklar bilan. Ushbu oʻtishdan soʻng bir guruh radikal Viola Squadra muxlislari uning yodgorligini oʻgʻirlashadi. Batistuta „Fiorentina“ safida jami 332 ta o‘yin o‘tkazib (klub tarixida 6-o‘rin) 207 ta gol urgan.

"Roma" (2000-2003)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rimda boʻlganining birinchi yilda 20 ta gol urib, nihoyat Italiya chempionligiga erishdi."Roma"da Batistutaning jamoadoshlari orasida Franchesko Totti,Vinchenso Montella,Emerson,Kafu,Vensan Kandela,Damiano Tommazi,Valter Samuel,Aldair va murabbiy sifatida „Milan“ va „Real“ning sobiq murabbiyi Fabio Kapello bor edi.Keyingi yil Italiya superkubogi qoʻlga kiritildi.Uzoq kutilgan chempionlik yilida Batistuta 32 yoshga kiradi.Birinchi Rimdagi mavsumidan soʻng Gabrielning salohiyati oldingidek emasdi, chunki yillar oʻz taʼsirini koʻrsatayotgandi.Bu borada „Yuventus“ bilan uy uchrashuvi yakunida Batistuta bitta himoyachi darvoza chizigʻida qolgan darvozaga gol ura olmadi.Buni koʻz yumuqlik holida ham qilish mumkin edi.2002-yilda Marselo Bielsa hech narsaga qaramay Gabrielni Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Jahon chempionatiga olib ketdi.Nigeriyaga urilgan golni hisobga olmaganda Gabriel maydonda borligi deyarli sezilmadi.Klubda ham ishlar yaxshi ketmayotgan edi.2003-yil „Inter“ qiziqish bildirgandan soʻng „Roma“ uni ijaraga berdi.Batistutaning „Roma“dagi yakuniy natijasi 63 oʻyinda 30 ta gol urgan va 2000/01 yil chempionlikni qoʻlga kiritgan faxriy hujumchi uchun yaxshi natija edi.

"Inter" (2003)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batistuta „Inter“ tarkibida 12 ta oʻyinda 2 ta gol urdi.Mavsum oxirida Gabriel butsasini mixga ilmoqchi boʻlganda Qatarning „Al-Arabi“ klubidan moliyaviy foydali taklifni qabul qiladi.

"Al-Arabi" (2003-2005)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi yillarda global tendensiya shundan iborat boʻlmoqdaki jahon yulduzlari katta pul evaziga Qatarga oʻynashga boradi.Shu bilan birga ular maydonda bor kuchlari bilan oʻynashmaydi.Vaholanki Batistuta shartnomasini halol bajardi, u 22 ta oʻyinda 30 ta gol urgani buning dalilidir.2005-yil Batistuta faoliyatini yakunlashga qaror qiladi.Hech narsaga qaramay Batistuta muxlislar xotirasida qoladi.Oʻz harakatlari bilan tribunalarni hayajonga solgan va sharxlovchilarni „GO-O-OAL ! GABRIEL BA-TIS-TU-TA !!!“

"Kolon" (2011-2013)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda u avval Avstraliya terma jamoasini keyin esa „Boka Xuniors“ni boshqarishdan bosh tortdi.[1] 2011-yilda Batistuta Argentinaning „Kolon“ klubida maʼmuriy lavozimga ega boʻlganini eʼlon qildi.[2] U bu lavozimni 2013-yilning fevralida tark etgan va Yevropada murabbiylik faoliyatini boshlashni istayotganini bildirdi.[3]

Argentina terma jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batistuta uchta jahon chempionati ishtirokchisi-1994,1998,2002. Amerika kubogi sohibi-1991,1993.

1994-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batistuta Argentina terma jamoasi bilan

Gurux bosqichida Argentina Gretsiyani 4:0 hisobda yutdi.Batistuta xet-trik qayd etdi.Bu xet-trik Argentina terma jamoasida 1930-yilda Gilermo Stabile jahon chempionatlarida qayd etganidan beri ikkinchisi edi.

Nimchorak finalda Batistuta gol urganiga qaramay Ruminiya Argentinani 3:2 hisobda magʻlub qildi.

1998-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh bosqichi:

  • Argentina chuqur himoyaga oʻtgan Yaponiya bilan oʻyinda Batistutaning yagona goli evaziga raqibni magʻlub etdi.
  • Argentina-Yamayka oʻyinida (5:0) Batistuta 11 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi.

Nimchorak finalda Argentina-Angliya (2:2,penaltilarda 4:3) oʻyinida Batistuta ilk golni urdi.Chorak finalda argentinaliklar Gollandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

2002-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gurux bosqichining birinchi oʻyini Argentina-Nigeriya (1:0) oʻyinida jahon chempionatlaridagi oxirgi golini urdi.Gurux bosqichining qolgan oʻyinlarida Angliyaga 0:1 hisobdagi magʻlubiyat,Shvetsiya bilan 1:1 hisobdagi durangdan soʻng guruxda 3-oʻrinni egallagan Argentina pley-offdan chetda qoldi.

Umuman olganda Batistuta jahon chempionatlarida 10 ta gol urdi (shundan 4 tasi penaltidan) 2 ta xet-trik qayd etdi.U Argentina terma jamoasi safida jami 77 ta o‘yin o‘tkazib,54 ta gol urgan.

YutuqlarI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina bayrogʻiRiver Pleyt“

"Fiorentina"

"Roma"

Argentina bayrogʻi Argentina terma jamoasida

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini-Irina bilan 1990-yil turmush qurgan, ularning toʻrt farzandi bor.

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng,Batistuta doimiy ravishda toʻpiqlaridagi oʻgʻriqdan shikoyat qildi hatto harakatlana olishi ham soʻroq ostida qoldi.Bu faqatgina jarroxlarning aralashuvidan keyin bu muommoni yengishga muvaffaq boʻldilar.[8]

„Yovvoyi farishta“ telaserialida oʻzining rolini oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]