Gabi Zimmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabriele "Gabi" Zimmer (1955-yil 7-mayda tugʻilgan) — nemis siyosatchisi, 2000-yildan 2003-yilgacha Demokratik sotsializm partiyasi (PDS) rahbari boʻlib ishlagan. Rahbar lavozimini tark etgach, u 2004-yildan 2019-yilga qadar Yevropa parlamenti a'zosi bo'lgan. Zimmer 2012-yildan 2019-yilgacha raislik qilgan (GUE/NGL) guruhida ishlaydi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zimmer 1955-yilda Sharqiy Berlinda tug'ilgan. U o‘rta maktabni tugatgach, 1973—1977-yillarda Leyptsigdagi Karl Marks universitetining nazariy va amaliy tilshunoslik bo‘limida rus va fransuz tillarini o‘rganib, malakali tilshunos sifatida tamomlagan. Keyin u Suhldagi "Ernst Thälmann" VEB avtomobil va ov qurollari zavodida xizmatchi bo'lib ishladi. 1981-yildan 1987-yilgacha u kompaniya gazetasining muharriri, 1987-yildan 1989-yilgacha ushbu kompaniyaning SED partiya rahbariyati a'zosi bo'lib ish faoliyatini olib borgan[2].

Gabi Zimmer

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1981-yilda Germaniya Demokratik Respublikasining (Sharqiy Germaniya) hukmron partiyasi — Germaniya Sotsialistik birlik partiyasiga (SED) qoʻshildi. 1990-yilda Demokratik sotsializm partiyasiga aylantirilgandan so'ng, u Tyuringiyaning yangi shtatida partiya rahbari bo'ldi, u 1998-yilgacha bu lavozimni egallaydi. U 1990-yildan 2004-yilgacha Turingiya Landtagi a'zosi bo'lgan edi.

Zimmer 1996-yilda PDS rahbarining federal o'rinbosari bo'ladi. U 2000-yilda Lotar Biski iste'foga chiqqanidan keyin federal rahbar etib saylangan. Partiya 2002-yilgi federal saylovda yirik mag'lubiyatga uchraydi, 5 foizlik saylov chegarasidan o'ta olmadi va faqat ikki vakilni qaytarib oldi. Zimmer saylovdan keyin partiyaning birinchi qurultoyida qayta rahbar etib saylanadi, biroq ichki partiyaviy kelishmovchiliklardan so‘ng u o‘z lavozimini tark etishini va 2003-yilda partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida qayta saylanishga urinmasligini e’lon qiladi. O‘sha yilning may oyida u rahbariyatdan ketgan.

Zimmer partiyadagi faolligini saqlab qoldi va 2004-yilda Yevropa parlamentiga saylangan. 2007-yilda PDS The Leftga birlashdi. Zimmer 2009 va 2014-yillarda chap partiya vakili sifatida qayta saylangan. 2012-yilda u Yevropa parlamentidagi GUE/NGL guruhining raisi bo‘ldi. U 2019-yilgi Yevroparlament saylovlarida qayta saylanish uchun kurashmadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]