Gabi Novak
| Gabi Novak | |
|---|---|
|
Novak Mariborda konsert bermoqda, 1961-yil yanvar | |
| Tavalludi |
Gabrijela Novak 8-iyul 1936-yil |
| Vafoti | 11-avgust 2025[1] |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | estrada va jaz qoʻshiqchisi |
| Faoliyat yillari | 1959–hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 1 |
Gabrijela „Gabi“ Novak (1936-yil 8-iyul, Berlin, Germaniya) – xorvatiyalik estrada va jaz xonandasi. Xorvatiyalik mashhur qoʻshiqchi hamda qoʻshiqnavis Arsen Dedićning rafiqasi, 1973-yilda Novak unga turmushga chiqqan. Novakning mashhurlik onlari 1960-yillarga toʻgʻri keladi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Novak 1936-yil 8-iyulda Berlinda Hvar orolidan boʻlgan millati xorvat boʻlgan Đuro Novak va berlinlik nemis Elizabeth Reyman oilasida tugʻilgan. Gabi Novak bolaligini oʻz tugʻilgan shahrida oʻtkazgan, ammo keyinchalik Yugoslaviyaga koʻchib ketgan. Qoʻshiqchining otasi 1945-yilda halok boʻlgan[2][3].
Novak taniqli bastakor Stipica Kalogjera bilan turmush qurgan, ammo 1970-yilda ular ajrashishgan. 1973-yil 30-martda Novak taniqli qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Arsen Dedićgaturmushga chiqqan[4], u bilan ham koʻplab qoʻshiqlarini yozgan[5]. Ularning Matija ismli bir oʻgʻli bor boʻlib, oʻgʻli bugungi kunda taniqli jaz pianinochisidir[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabi Novak bir necha marta Porin mukofotlari sovrindori boʻlgan: Eng yaxshi jaz ijrosi (2002)[7]. Yil albomi (2003)[8]. Eng yaxshi ayol vokal ijrosi (2003)[8]. Eng yaxshi pop albom (2003)[8]. Eng yaxshi vokal hamkorlik (2003)[8]. Umr boʻyi erishilgan yutuqlar uchun mukofoti (2006)[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Gabi Novak - Menart“ (hr). Menart. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ Premec. „GABI I ARSEN VEĆ 40 GODINA SKUPA 'Zaziremo od moderne tehnologije. Arsen mi je priznao da se zna služiti samo portafonom'“ (hr). Jutarnji list (2014-yil 12-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ Lampe, John R.. Yugoslavia as History: Twice There was a Country. Cambridge University Press, 2000 — 342-bet. ISBN 978-0-521-77401-7.
- ↑ „GABI NOVAK - ZLATNA KOLEKCIJA u prodaji“ (hr). Croatia Records (2006-yil 21-fevral). Qaraldi: 2009-yil 22-yanvar.
- ↑ Mikuličin. „Matija Dedić o roditeljima, Gabi Novak i pokojnom Arsenu, glazbi, ljubavi prema šibenskoj Varoši... Moj otac u Šibeniku zaslužuje spomen“ (hr). Šibenski.hr (2017-yil 7-avgust). Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ „Porin 2002“ (hr). Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 „Porin 2003“ (hr). Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
- ↑ „GABI NOVAK - PRVA DOBITNICA PORINA ZA ŽIVOTNO DJELO“ (hr). Croatia Records (2006-yil 6-mart). Qaraldi: 2009-yil 22-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Biografiyasi (xorvatcha)
- Gabi Novak (xorvatcha)