Kontent qismiga oʻtish

G proteini bilan bogʻliq retseptor kinase 2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

G-proteinalar bilan bogʻliq boʻlgan retseptor kinase 2 (GRK2) – insonlarda ADRBK1 geni orqali enkodlangan ferment[1]. GRK2 dastlab Beta-adrenergik retseptor kinase (βARK yoki βARK1) deb nomlangan va G proteini bilan bogʻliq boʻlgan retseptor kinaselari kichik oila aʼzosi. Ser/Thr, GRK3 (βARk2) proteinlariga oʻxshash jihatlari juda koʻp[2].

Kinase retseptorlari G-proteini bilan bogʻliq va oʻzaro bogʻlamlarga ega retseptorlarni fosforilatlaydi. Bu jarayon oʻz navbatida arrestin oqsilini retseptorlar bilan bogʻlanishiga yordam beradi. Arrestinning fosforilasiya qilingan, faol retseptoriga bogʻlanishi G-protein transduser oqsil retseptorlari qoʻzgʻalishining oldini oladi va hujayraning signal uzatish tizimini bloklaydi. Bu holat esa retseptorlarning desensitizatsiya boʻlishiga olib keladi. Bogʻlamga ega boʻlgan Arrestin retseptorlarni maʼlum yoʻnalish boʻylab harakatlantiradi, hujayra yuzasidagi boshqa retseptrolarni olib tashlaydi va ortiqcha faollashuvning oldini oladi. Arestinning fosforilasiya qilingan, faol retseptoriga bogʻlanishi oʻz navbatida retseptorga arrestinga sherik boʻlgan oqsillar orqali signal uzatish imkonini beradi. G proteinlari orqali oʻtuvchi GRK/arrestin tizimi murakkab signallar kaliti boʻlib xizmat qiladi[3].

GRK2 va unga yaqin boʻlgan GRK3 fosforilat qabul qiluvchilari (teskari taʼsirga ega boʻlgan GRK5 va GRK6 dan farqli oʻlaroq) signalni toʻsish va signal qabul qilish jarayonlariga yordam beradi. Ushbu tafovut farmologik agonizmining asoslaridan hisoblanadi, unga koʻra preparat retseptor bilan bogʻlanganidan soʻng, retseptorning maʼlum signallarini boshqa yoʻnalishga yoʻnaltirishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi[4].

GRK2 toʻqimalar boʻylab keng tarqalgan va uning joylashuvi oʻziga tegishli GRK3 dan koʻra teparoqda boʻladi[5]. GRK2 dastlab b2 – adrenergik retseptorlarini fosforillovchi protein kinasesi sifatida belgilangan. Shuningdek, GRK2 yurakdagi adrenergik retseptorlarning (GPCR va boshqalar) regulyatori sifatida oʻrganilgan va uning yurak yetishmovchiligini davolash uchun dori sifatida qoʻllanilishi taklif qilingan. GRK2ni toʻxtatish strategiyalari kichik molekulalardan (jumladan, paroksetin va Murakkab–101) va GRK2ni tartibga soluvchi domenlardan foydalangan holda gen terapiyasida qoʻllashni oʻz ichiga oladi[6].

Oʻzaro taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

GRK2ning boshqa bir qator protein turlari bilan ham oʻzaro bogʻliqliklari mavjud.

  1. "Beta-adrenergic receptor kinase: primary structure delineates a multigene family". Science 246 (4927): 235–240. 1989. doi:10.1126/science.2552582. PMID 2552582. 
  2. Benovic JL; Onorato JJ; Arriza JL et al. (1991). "Cloning, expression, and chromosomal localization of beta-adrenergic receptor kinase 2. A new member of the receptor kinase family". J. Biol. Chem. 266 (23): 14939–14946. doi:10.1016/S0021-9258(18)98568-6. PMID 1869533. 
  3. "GPCR Signaling Regulation: The Role of GRKs and Arrestins". Front Pharmacol 10: 125. 2019. doi:10.3389/fphar.2019.00125. PMID 30837883. PMC 6389790. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6389790. 
  4. "Selective engagement of G protein coupled receptor kinases (GRKs) encodes distinct functions of biased ligands". Proc Natl Acad Sci USA 106 (24): 9649–9654. 2009. doi:10.1073/pnas.0904361106. PMID 19497875. PMC 2689814. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2689814. 
  5. "The G-protein-coupled receptor kinases beta ARK1 and beta ARK2 are widely distributed at synapses in rat brain". J Neurosci 12 (10): 4045–4055. 1992. doi:10.1523/jneurosci.12-10-04045.1992. PMID 1403099. PMC 6575981. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6575981. 
  6. "Paroxetine is a direct inhibitor of g protein-coupled receptor kinase 2 and increases myocardial contractility". ACS Chem Biol 7 (11): 1830–1839. 2012. doi:10.1021/cb3003013. PMID 22882301. PMC 3500392. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3500392.