Geksaxloran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(GXSGdan yoʻnaltirildi)

Geksaxloran, geksaxlorsiklogeksan, GXSG, gammeksan, benzogeksaxlorid (S6N6S16) — sirtdan taʼsir etuvchi insektitsid. Texnik G. oʻtkir, yoqimsiz hidli, pushti yoki sargʻish kulrang kristall modda. 8 izomeri mavjud. Shundan faqatgina gamma izomer kuchli insektitsidlik xususiyatiga ega. Zararkunandalarga qarshi kurashda ularning har biridan mustaqil ravishda yoki boshqa preparatlarga aralashtirib foydalanilgan. Yuqori kumulyativ xususiyatga ega boʻlganligi sababli G.ni qishloq xoʻjaligi maqsadlarida ishlatish 1970-yildan boshlab man qilingan, ammo uning qoldiqlari hanuzgacha tuproqda aniqlanishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil