GNU/Linux
![]() | |
Linux | |
(Linux-kabi oilasiga kiradi) | |
Reliz ma’lumoti | |
Manba turi: | Ochiq manba, Free Software |
Litsenziyasi: | Kernel: GNU General Public License/various |
Yadro tipi: | Yaxlit kernel |
- Bu maqola operatsion sistema haqidadir, odatda uni „Linux“ deb atashadi.
GNU/Linux ("gnu lí nuks" deb oʻqiladi) — erkin UNIX — simon operatsion tizimdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan.
GNU/Linux Distributivlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Foydalanuvchilarning koʻp qismi GNU/Linuxni oʻrnatish uchun distributivlardan foydalanishadi. Distributiv — bu nafaqat dasturlar toʻplamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka tizimlar markaziy oʻrnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng koʻp tarqalgan distributivlar:
- amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora Core;
- nemislarning SuSE;
- fransuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake);
- ayni bir xalqqa taalluqli boʻlmagan Debian GNU/Linux;
- keksa distributivlardan biri boʻlmish Slackware;
- nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchi Gentoo;
- juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.[1]
Linux operatsyon tizimining qisqacha tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu operatsion tizim 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi sifatida yuzaga keldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha „free“, „freak“ soʻzlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi „X“ harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning doʻsti Ari Lemka yadroga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.
Operatsion tizim Internet tarmogʻiga joylashtirishi natijasida tez orada oʻz foydalanuvchilari va muxlislariga ega boʻldi va koʻpgina dasturchi(programmist)larni oʻziga jalb qilishi Linux operatsion tizimining keskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida oʻziga xos oʻrniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy taʼminotlardan biridir, yaʼni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Internet tarmogʻi orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu operatsion tizimning 2 ta ishlash uchun moʻljallangan interfeyslari boʻlib, ular GUI (Graphic User Interface) — grafikali interfays hamda CLI(Command Line Interface) — konsol, yaʼni buyruqlar qatoridan iboratdir.
Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bogʻi: http://www.linux.org. Ushbu saytda operatsion tizim haqida asosiy maʼlumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-11-17).. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Linux Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonda Linux foydalanuvchilari tobora oshib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri shunda-ki, Oʻzbekiston hududida Linux boʻyicha turli xil telegram guruhlar ochilayotganidandir.
Asosiy Linuxga doir oʻzbekcha maʼlumotlar qoʻshib kelayotgan guruhlardan: Linux Uzbek Community va Linuxiston. Ikkinchi guruh boʻyicha hamjamiyat tomonidan ochiq va bepul Linuxda oʻzbekcha platforma yaratilyapti.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Nima u Linux“ (ru). Zhelezo.uz. — Linux haqida umumiy ma'lumot. 9-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2014-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-08-09).
- ↑ https://linuxiston.uz Oʻzbekzabon linux boʻyicha platforma
Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston GNU/Linux Jamiyati web sayti : http://linux.uz Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-10-10).
- Zhelezo.uz Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-08-09). Linux haqida: Linux mavzuli maqolalar Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-08-09).