Gʻunjak gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘unjak g‘oridan yoʻnaltirildi)

Gʻunjak gʻori — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi gʻor. Turitogʻning (Zirabuloq — Ziyovuddin togʻlari) janubiy yon bagʻrida, 620 m balandlikda joylashgan. Devon davriga oid ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi Turitogʻning yon bagʻrida (quduq shaklida, diametri 1,5 m). Gʻunjak gʻori ichida, marmar oniksini qazib olish maqsa-dida, portlash ishlari natijasida vujudga kelgan (uz. 40 m li) shtolnya mavjud. Shtolnya orqati (uz. 11 m, eni 4-5 m, bat. 2-4 m) gʻor xonasiga kiriladi. Xonadan gʻorning katta xonasiga boruvchi yoʻlakcha (uz. 6 m, eni 1-2 m, balandligi 1,5 m) boshlanadi. Katta xona gumbaz shaklida boʻlib diametri taxminan 20 m, balandligi 15 m. Katta xonaning shipida yer ustiga chiqiladigan (uz. 4 m, diametr 2 m gacha boʻlgan) boʻshliq bor. Katta xonada kaltsiy va aroganit minerallaridan stalaktit va stalag-mitlar hosil boʻlib, baʼzi joylarda tutashib ustunlar hosil qilgan. Katta xonadan pastga tomon yoʻlak-chalar tarqalgan. Gʻorning katta xonasidagi temperatura 15°, nisbiy namlik 40% (iyun oyida). Gʻorning umumiy uz. 90 m, maydoni 404 m2, hajmi 3,6 ming m3dan ziyod.