Gʻozpanja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘ozpanjadan yoʻnaltirildi)

Gʻozpanjaraʼnodoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda sharq Gʻ.si (P. orientalis Juz.), pakana Gʻ. (P. supina L.), koʻp qirqilgan Gʻ. (P. multifida L.), jungʻor Gʻ.si (P. songorica Bge.), chiviqsimon Gʻ. (P. virgata Lehm.), oʻrmalovchi Gʻ. (P. reptans ), osiyo Gʻ.si (P. asiatica Juz.) va boshqa koʻplab turlari uchraydi. Osiyo Gʻ.si yoki be shbar gning boʻyi 15—75 sm, barglari panjasimon, arra tishli, 5—7 bargchali. Gullari poya uchidagi toʻpgulga joylashgan, sariq, diametri 18–22 mm.

Tojbarglari kosachabarglariga nisbatan 2-marta uzun. May—avgust oylarida gullab, urugʻlaydi. Togʻ yonbagʻirlari-da, daryo boʻylarida, tashlandiq yerlarda va qisman bedazorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.