Gʻor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘ordan yoʻnaltirildi)
Gʻorlarning bir turi — lava quvuri. Hawaii, 2006.
Gʻor.

Gʻor odam sigʻadigan darajada keng tabiiy teshikdir. Gʻorlar yer qobigʻida (yerostida yoki togʻlarda) yemirilish natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy gʻor grot deyiladi.

Gʻor — Yer poʻstining yuqori qatlamlarida vujudga kelgan boʻshliqlar. Gʻorning vujudga kelishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Suvda oson eriydigan togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips) va tuzlarning erishi va yuvnlib ketishi yoki suffo-ziya va abraziya oqibatida vujulga keladi. Shuningdek, tektonik yoriqlar oqibatida, muzliklarning erishi va boshqa harakatlar natijasida ham hosil boʻladi. Gʻor kattaligi va chuqurligiga koʻra xilma-xil. Gʻor gorizontal va vertikal holatda boʻlishi, uzunligi ha.m bir necha m dan yuzlab km ga yetishi mumkin. Baʼzan koʻp qavatli Gʻorlar ham uchraydi. Eng yirik Gʻor karst gʻorlaridir. Gʻor murakkab yoʻlaklar va zallardan iborat boʻlib. bir yoki bir nechta ogʻzi boʻlishi mumkin. Ohak-tosh orasida paydo boʻlgan karst Gʻorda stalaktit va stalagmitlar, ustunlar. tosh pardalar boʻladi. Gʻor tubida daryo va koʻllar uchraydi. Gʻorning faunasi oʻziga xos. Dunyodagi eng yirik Gʻor — Mamont gʻori, shuningdek, Fransiyadagi Pyer-Sen-Marten va Berje, AQShdagi Karlsbad yurlari, Postoyns-ka-Yama va boshqa Tosh davrida va undan oldin ham ibtidoiy odamlar Gʻorlarda yashagan, ular uchun turar joy boʻlib xizmat qilgan, mas. Teshiktosh yuri. Oʻzbekiston togʻlarida ohaktoshning mavjudligi Gor hosil boʻlishiga kulaylik yara-tadi: Amir Temur. Olamtosh gʻorlari ham katta Gʻ. hisoblanadi. Gʻ.da oʻsha muhitga moslashgan turli hayvoilar (gor faunasi) yashaydi. G'orni gʻorshunoslar (speleologiya fani mutaxassislari) oʻrganadi.

Gʻorlarni speleologiya fani oʻrganadi.