Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti, G.S.Zaysev nomidagi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi — Oʻrta Osiyodagi yirik ilmiy muassasa. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. 1965-yilda mustaqil institut sifatida tashkil etilgan (1922-yilda Turkiston seleksiya stansiyasi, 1930—60 yillarda SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya stansiyasi, 1960—65 yillarda Soyuz NIXI filiali). 1965-91 yillarda Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti (1987-yildan ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi). 1992-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekistonda gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha ilmiy markaz hisoblanadi. Institut tarkibida (2005): 3 boʻlim — seleksiya iazariyasini rivojlantirish va boshlangʻich materi-allar tayyorlash (kolleksiya va boshlan-gʻich ashyo; biokimyo va biotexnologiya; mutagenez; oʻsimliklar immuniteti ge-netikasi; sunʼiy iqtim laboratoriya.lari bilan); seleksiya (ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; 4-tip tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; 5-tip tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi; tezpishar va past boʻyli gʻoʻza navlari seleksiyasi; beda seleksiyasi laboratoriyalari bilan); urugʻchilik (yangi gʻoʻza navlarini sinash va dastlabki koʻpaytirish; urugʻchilik; urugʻ-shunoslik; tola texnologiyasi; patent va marketing laboratoriya.lari bilan), shuningdek aspirantura boʻlimi, fitotron bor. Institutda ilmiy kutubxona va muzey ishlaydi. Institutning Toshkent viloyati Qibray tumani Markaziy tajriba stansiyasi (ekin maydoni 30 ga), Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tajriba (ekin maydoni 1000 ga), Namangan viloyati Chust tumani "Qizil Ravot" tajriba (ekin maydoni 300 ga) va Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani "Surxon" tajriba xoʻjaliklari (ekin maydoni 1000 ga)da ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (jami ekin maydoni 2330 ga). Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlari: tezpishar, serhosil, turli kasallik va zararkunandalarga hamda ekstremal sharoitlarga chidamli, tola sifati va tola chiqishi yuqori boʻlgan oʻrta va ingichka tolali gʻoʻza va tarkibida protein moddasi yuqori boʻlgan beda navlarini yara-tish hamda ularning urugʻchiligi.

Inda jahon gʻoʻza kolleksiyasidagi mavjud yovvoyi va yarim yovvoyi ruderal formalarni chatishtirish; tur ichida va turlararo duragaylash asosida qimmatli donorlarni yaratish va seleksiya jarayoniga tavsiya etish, dunyo kolleksiyasi toʻgʻrisida bank maʼlumotlarini yigʻish; tezpishar, hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli boʻlgan gʻoʻza va beda navlarini yara-tish; superelita va elita urugʻlarini tayyorlashni ilmiy jihatdan taʼminlash, gʻoʻza urugʻlarini ekish va hosildorlik sifatlarini oshirishni taʼminlaydigan usullarni ishlab chiqish kabi tadqiqot ishlari olib boriladi.

Institut faoliyati G.S.Zaysev, AM.Lvtonomov, F.M. Mauyer, P.P.Baranov, A.I.Belov, A.M.Maltsev, S.S.Xanash, A.L.Dadaboyev, S.M.Mirahmedov, Ya.D.Nagibin, B.P.Straumal, V.I. Kokuyev, I.G.Gritsenko, M.Gʻoyibnazarov. K.A.Visotskiy, G.X. Gubanov, Yu.P.Xutornoy, Z.M.Pudovkina. A.G. Arutyunova va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Hozirgi davrda institutda 111. Ibrohimov, A.E.Egamberdiyev, S.Rahmonqulov, Yu.Ikromov, P.Sh.Ibrohimov, F.V.Voytenok, M.Mirjoʻrayev, P.V.Popov, M.I.Iksanov, T.R.Rashitov, B.Allaqulov, H.Sodiqov va boshqa samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Jumladan, institutda A.A.Avtonomov va V.A.Avtonomovlar tomonidan Oʻzbekistonda birinchi boʻlib, Punktatum ruderal namunasi ishtirokida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻzaning S-6524. Namangan-77, S-6530, S-6532, ingichka tolali gʻoʻzaning S-6029, Surxon-9 navlari yara-tildi va katta maydonlarda ekilmoq-da. 2000-yilda Oqqoʻrgʻon-2 (T.Xolxoʻja-yev, V.Ristakov, S.Raxmonqulov, M.Mirjoʻrayev), 2002-yilda S-2609 gʻoʻza navi (L.Sh.Ibrohimov, F.V.Voyte-nok), 2004-yilda esa tola sifati 11 tipga mansub boʻlgan Surxon-9 ingichka tolali gʻoʻza navi (V.A.Avtonomov, P.Sh.Ibrohimov) rayonlashtirildi. A.I.Belov tomonidan respublikada yagona boʻlgan beda seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriya. tashkil etildi va bedaning yangi, yuqori proteinli Toshkent-3192, Toshkent-1, Toshkent—1728, Toshkent—2009, Toshkent—2938 navlari yaratildi.

Institut olimlari gomonidan qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan 60 dan ortiq oʻrta va 14 ta ingichka tolali gʻoʻza navlari yaratildi va i.ch,ga joriy etildi. Gʻoʻza kolleksiyasi genofondida AQSH, Misr, Meksika, Hindiston, Avstraliya va boshqa 22 davlatdan keltirilgan 12 mingdan ortiq namunalar mavjud. Ushbu kolleksiya yangi gʻoʻza navlarini yaratishda respublikada asosiy genofond hisoblanadi.

Institutda "Gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi va bedachilik masa-lalari" nomli ilmiy toʻplam chop etiladi. (1924—2002-yillarda 31 ta toʻplam nashr etildi). Institutda 178 ilmiy va ilmiy-texnik xodim, shu jumladan, 6 fan doktori, 30 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2005).

Institut AQSH, Gretsiya, Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Misr davlatlaridagi paxtachilikka ixtisoslashgan ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib boradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil