Gʻazzoliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘azzoliydan yoʻnaltirildi)

Gʻazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 — Tus (Eron) — 1111] — islom ilohiyotchisi, faylasuf.

"Gʻazzoliy" taxallusi haqida turli fikr bor. Baʼzi olimlar gʻazzol (ip yigiruvchi) oilasida tugʻilgan, shu sababdan Gʻazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gʻazola (Tus yaqinidagi qishloq)da tugʻilgan, shuning uchun taxallusi Gʻazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bagʻdodda taʼlim olgan. "Nizomiya" madrasasi (Bagʻdod)da islom huquqshunosligidan dars bergan. Mudarrislikdan voz kechib, 11 yil zohidlikda hayot kechirgan, ilm bilan mashgʻul boʻlgan. 1105-yilda Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoqqa choʻzilmadi. Tusga koʻchib borib 300 ga yaqin talabaga xususiy tarzda dars berdi. Uning fiqhga doir "Bosit", "Vojiz", "Vosit", aqidaga doir "Qavoid al-Aqoid" ("Aqidalarning qoidalari"), "ar-Risolat al-qudsiya" ("Qudsiya risolasi"), mutasavviflar uchun "Ihya ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish"), "Mukoshafat ul-qulub" ("Qalblar kashfiyoti") asarlari mashhur. Shuningdek, "Tahofut al-falasifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyo-i-saodat" ("Saodat kimyosi"), "Maqosid al-falasifa" ("Faylasuflarning maqsadlari") asarlari olim ijodida muayyan oʻrinni egallaydi. Bu asarlarda Forobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon atTavhidiy qarashlarining taʼsirini koʻrish mumkin.

Gʻazzoliy oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Gʻazzoliy xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sigʻinish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoʻshib talqin qilgan. Gʻ. fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oʻziga maqbulini tanlab olishi oʻz ixtiyo-ridadir, shu bois mazkur xatti-hara-katlari oldindan belgilab qoʻyili-shiga qaramay ular uchun aynan in-sonning oʻzi masʼuldir. Gʻazzoliyga koʻra, jon xudo singari fazodan tashqari-da, olam xudo tomonidan yaratilgan. Gʻ.ning diniy tizimi tasavvufni anʼanaviy islom bilan birlashtirdi. Gʻazzoliy gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi. Gʻazzoliyni zamondoshlari "Hujjat ul-islom" ("Islom dalili") deb ulugʻlashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mukoshafat ul-qulub, T., 2002;
  • Ixya ulum ad-din, T., 2004;
  • Qiyomat va oxirat, T., 2004.



go u kishi ning 100dan ortiq asarla ri bor va 50 tasi bizda otasi parvinaxon