Gʻassoniylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘assoniylar davlatidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Gʻassoniylar davlati - Yaqin Sharqdagi ilk oʻrta asr davlati (5-asr oxiri — 7-asr boshi). Jan. Suriya va Iordaniya hududlarini qamrab olgan. Arablarning gʻasson qabilasidan chiq-qan gʻassoniylar sulolasi tomonidan asos solingan. Gʻassoniylar davlati 6-asrda kuchaygan. Vizantiya Suriya va Falastinni Eronga tobe boʻlgan arablar chopqunidan mudofaa etish uchun gʻassoniy al-Horis ibn Jabal (529—564) ni Suriya va Falastin arablarining oliy hukmdori deb tan olgan va unga patrikiy unvonini bergan. Al-Horis Vizantiyaning Eron bilan boʻlgan urushlarida ishtirok etgan. Gʻassoniylar davlati al-Horisning oʻgʻli — al-Munzir davrida (569—581) yanada kuchaygan. Bundan Vizantiya xavotirga tushib, 581 yil al-Munzirni xiyonatda ayblab, uni qoʻlga olgan va Sitsiliyaga surgun qilgan. 7-asr boshigacha Gʻassoniylar ayrim vohachar va qabilalar ustidan hukmronlik qilganlar, soʻng gʻassoniylardan biri — Jabal ibn al-Ayxam Gʻassoniylar davlatini tiklashga muvaffaq boʻlgan. Gʻassoniylar davlatida yuksak dehqonchilik madaniyatiga ega boʻlgan vohalar aholisi muhim mavqega ega edi. Gʻassoniylar davlatida monofisiylik diniy eʼtiqodi tarqalgan. Gʻassoniylar davlati 633—640 yillarga qadar mavjud boʻlgan.