Gʻuncha (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"GʻUNCHA" — boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan jurnal. muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi Xatq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mat-buot va axborot agentligi, "Kamo-lot" yoshlar ijtimoiy harakati. 1958 yil yanvardan nashr etiladi. Gʻafur Gʻulom tashabbusi bilan "Gʻ." deb atalgan. Jur. 4 xil rangli boʻlib, uning sahifalarida bolalar ijodi, talantli va taniqli yoshlar va kichkintoy sportchilar hayotidan hikoyalar, jahon bolalar yozuvchilari ijodidan namunalar ham berib boriladi, oʻzbek ijodkorlarining kichkintoylarga atalgan asarlari bosiladi. Bundan tashqari, "Gʻ." sahifalarida bolalar uchun turli top-shiriqlar, boshqotirmalar berib turiladi, tanlovlar oʻtkaziladi. Jur. muharrirlari: A.Irisov, S.Yunu-sov, A.Boʻriboyev, Ya.Saʼdullayeva. 1999 yildan Yo.Rahimova. Adadi 91031 (2005).