Gʻumbak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻumbakhasharotlarning toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishidagi bosqich. Gʻ. oziqlanmaydi, odatda harakatsiz, biroq uning ichida juda chuqur oʻzgarishlar yuz berishi tufayli lichinka organlari qayta shakllanib, yetuk forma — imago vujudga keladi. Gʻ.ning 3 xili mavjud: erkin (ochiq), yopiq, yashirin (soxta pillali). Erkin Gʻ.ning oyoq, moʻylov va qanotlari tanasiga yopishmasdan, faqat jips yigʻilib turadi; voyaga yetgan hasharotga oʻxshaydi (mas, qoʻngʻizlar, pardaqanotlilar, toʻrqanotlilar va baʼzi ikkiqanotlilar). Buloqchilar va tuyaboʻyinlarning Gʻ.lari faol hara-katlanadi. Yopiq Gʻ.da moʻylov, oyoq va qanotlar tullash bezlari ajratgan suyuqlikdan vujudga kelgan umumiy qoplam — tigʻiz kutikula tufayli tanaga yopishib turadi (koʻpgina kapalaklar, bargxoʻr qoʻngʻizlar va ikkiqanotlilar). Ularning Gʻ.lari erkin Gʻ.ka nisbatan kam harakat. Yashirin Gʻ.da oxirgi tullash terisi tashlanmaydi va undan soxta pilla vujudga kelib, Gʻ.ni qoplab turadi. Bu qoplamdan lichinka koʻrinmaydi (koʻpgina ikkiqanotlilar). Lichinkaning Gʻ.ka aylanishi odatda pana joylar (tuproq, oʻrmon toʻshamasi, poʻstloq osti, yogʻoch)da, kamdan-kam ochiq yerlar (poʻstloq usti, barg va boshqalar)da yuz beradi.

Gʻ.lik davri koʻpchilik zararkunandalarning qishlovchi bosqichidir. Profilaktik qarshi kurash tadbirlarini hasharotlarning qishlovchi shakli — Gʻ.ni yoʻq qilish uchun qoʻllash yaxshi samara beradi.