Gʻulomiya
Gʻulomiya – Oktyabr inqilobigacha Toshkentda toshbosma usuli bilan mahalliy tilda kitob nashr etilgan bosmaxona. 1889-yil Gʻulom Hasan Orifjonov tomonidan dastlab muqovaxona, 1908-yil toshbosmaxona ochilgan. Gʻ.H.Orifjonov oʻzi ham oʻzbek klassiklari asarlarini keng yoyish va xattotlik sanʼati anʼanalarini taraqqiy ettirish tarafdori boʻlgan, xattotlik qilgan[1].
Gʻulomiyada bosilib chiqqan dastlabki kitoblardan biri Firdavsiyning „Shohnoma“si boʻlgan („Shohnomai Firdavsiy“). Soʻng Alisher Navoiy „Devon“i, Fuzuliy „Gʻazaliyot“i, Muqimiy „Bayoz“i, shuningdek, „Haftiyak“, „Soʻfi Olloyor“, „Chor kitob“, „Qurʼon“, „Nodir ul-meʼroj“, „Tashih ul-imomiy“ kabi turli mazmundagi kitoblar ham bosilib chiqqan. Gʻulomiya nashrlari adadi 2—3 ming nusxa atrofida boʻlgan. Bu yerda jami yuzdan ortiq kitob va risolalar chop etilgan. Gʻulomiya Turkistonda toshbosma kalligrafiyasining rivojlanishida muhim rol oʻynagan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Gʻulomiya“,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Toshkentga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |