Gʻulom Mahkamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻulom Mahkamovich Mahkamov (1907.17.10—Toshkent—1987) — gigiyenist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1963). Toshkent tibbiyot institutini tugatgan (1932). Shu institut gigiyena kafedrasida assistent (193641), dotsent (1941-46), 1946 yildan ovkatlanish gigiyenasi ka-fedrasi mudiri. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi sanitariya boʻlimining boshligʻi (1941—48), Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi epidemiyaga qarshi sanitariya boshqarmasining boshligʻi (1951—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori (1958—67). Ilmiy ishlari, asosan, ovqatlanish masalalari, ovqatdan zaharlanish va uning oldini olishga oid.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil