Gʻozqanjir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻozqanjir, suv tovugʻi — gʻozqanjirlar urugʻiga mansub qush. Avstraliyadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 35 sm ga, vazni 200—350 g ga yaqin. Oyoqlari uzun, dumi va tumshugʻi qisqa. Usti qoʻngʻir-sargʻish, yon qismi koʻndalang oq yoʻlli, qorni kulrang , boshi qora, peshonasida qizil dogʻi bor.

Chuchuk suv havzalari atrofidagi qamishzor, butazor va oʻtli joylarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Uyasini qamishlar orasiga yoki butalarga quradi. Yilda 2 marta 6—12 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini 20— 22 kun bosadi. Suv hasharotlari bilan oziqlanadi. Shim. mintaqalarda yashaydigan Gʻ. janubiy oʻlkalarda qishlaydi. Ovchilik ahamiyatiga ega emas.