Gʻozgʻonmarmar aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"GʻOZGʻONMARMAR" AKSIYADORLIK JAMIYATI - tabiiy tosh (marmar)dan qurilishda ishlatiladigan qoplama-pardozlash plitalari ishlab chiqaradigan yirik korxona.

"Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasida joylashgan. 1969 yilda tashkil topgan. Respublikadagi eng katta marmar konlaridan biri boʻlgan Gʻozgon marmar koni negizida ishlaydi. Korxonaning yillik marmar plitalari ishlab chiqarish quvvati 60 ming m2. 2000 yil dan marmar plitalari Italiyaning "Tema frugoli" firmasidan kelti-rilgan dastgohlar yordamida ishlab chiqarilmoqda. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2004 yilda 13,5 ming m3marmar bloklari qazib olindi (konning zaxirasi 7576,0 ming m3). Gʻozgʻon marmari juda xilma-xil rangli koʻrinishga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar plitalari Toshkent, Mos-kva, Sankt-Peterburg , Kiyev va boshqa shaharlar metropoliteni, koʻplab meʼmorlik inshootlari qurilishida ishlatilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, shuningdek, Rossiya, Afgʻoniston va Qozo-gʻistonga eksport qilinadi.