Gʻoyibnazar Madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻoyibnazar Madrasasi - Na mangandagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr oxiri); Koʻqon xonligidagi Toʻraqoʻrgʻon qozisi Gʻoyib Nazar oʻgʻli tomo-nidan qurilgan. Madrasa toʻrtburchak tarhli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat, sharqiy tomondagi hujralar 2 qavatli; bosh tarzi pesh-toqli, uning ikki tomonidan 2-qavat ravoqlari koʻzga tashlanib turadi; burchaklariga sirti gʻishtin naqshlar bilan bezatilgan mezanali minoralar ishlangan. Bino burchaklaridagi hujralardan darsxona sifatida foydalanilgan, darsxonalar gumbazi qovurgʻali. Madrasaning kirish eshi-gining yuqori qismiga arab yozuvida binoning bunyod etilgan vaqti va meʼ-mori, taʼmirlangani qaqida [sana] "1311 (milodiy 1893) amali Mulla Qi-rgʻiz, meʼmor, 1384 (milodiy 1964) taʼmiri soniy usta Fozil Namangoniy"... deb bitilgan. Mulla Qirgʻiz madrasasi qurilishi (1910) da qatnashgan usta Fozil Neʼmatulla oʻgʻli Namangoniy oʻgʻillari va shogirdlari bilan binoni taʼmirlagan; hovli usti yopilib, sahna va zallar barpo qilingan.