Kontent qismiga oʻtish

Gʻolib ibn Abdulloh al-Laysiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gʻolib ibn Abdulloh al-Laysiy (arabcha: غالب بن عبد الله الليثي‎), shuningdek, Gʻolib ibn Fadala al-Laysiy nomi bilan ham tanilgan (fl. 624–671), sahoba va sarkarda. Payg‘ambar Muhammad hayotlik chogʻida bir necha marotaba butparast badaviy qabilalarga qarshi harbiy yurishlarga boshchilik qilgan. Keyinchalik 634–636-yillarda Iroqning fath etilishida ishtirok etgan, shuningdek, 668–671-yillar oraligʻida qisqa muddat davomida Xurosonda qoʻmondonlik qilgan.

Gʻolib ibn Abdulloh arablarning Kalb urugʻidan boʻlgan. Ushbu urugʻ Banu Lays qabilasiga, Banu Lays esa oʻz navbatida Banu Bakr ibn Abd Manot qabilasiga tegishli hisoblanadi. Banu Bakr qabilasi Kinona qabilalar guruhining bir boʻlagi hisoblanadi[1].

Gʻolib ibn Abdulloh al-Laysiy paygʻambar Muhammadning qoʻl ostida bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etgan.

  1. Fishbein 1997, pp. 139–140.