Gʻoʻza uzuntumshuq qoʻngʻizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻoʻza uzuntumshuq qoʻngʻizi, meksika gʻoʻza uzunburuni (Apgpopotsh §gapsN$ Vop.) — qattiq-qanotli (qoʻngʻiz)lar turkumiga mansub hasharot. AQSH va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tanasining uz. 5,0— 5,5 mm, yosh qoʻngʻizlar sargʻish-qoʻngʻirdan toʻq jigarranggacha, yoshi kattalari esa asosan, qora tusda. Xartumchasi ingichka, yaltiroq, uzun (uzunligi tanasining yarmigacha), tuxumi, lichinkasi, gʻumbagi oq. Gʻoʻzaning xavfli zararkunandasi. Oʻzbekistonda karantin obʼyekti hisoblanadi. Kurash choralari: karantin.[1]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Gʻoʻza uzuntumshuq qoʻngʻizi" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil