Gʻoʻssoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻoʻssoy
Tavsif
Uzunligi 18
Davlat Oʻzbekiston


Gʻoʻssoy — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 18 km. Zarafshon tizmasining Chaqilikalon tarmogʻidan Murinak dovoni yaqinidan boshlanadi. Dargʻom kanaliga borib qoʻshiladigan Selxona (Moʻminobod) soyiga quyiladi. Qor, yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Gʻ. yon-atrofidagi Childuxtaron va Chakchakidon gʻorlari arxeologik ahamiyatga ega. Soy vodiysida Gʻoʻs, Soygʻoʻs qishloqlari joylashgan.