Gʻiyosiddin pirshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻiyosiddin pirshoh (? -1229) — Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Jaloliddin Manguberdinint ukasi. 1217 yil Xorazmshoh Gʻ.P.ga Kermon, Kesh va Makron viloyatlarini bergan. Gʻ.P. davlati hududiga moʻgʻullar 10 ming otliq qoʻshin bilan hujum qilganda u qarshilik koʻrsatmay Iroqni talon-taroj etilishiga yoʻl qoʻyib bergan. Moʻgʻullar ketgandan soʻng , ularning oʻrniga mahalliy turkiy amirlar mamlakatni gʻorat qila boshlaganlar. Gʻ.P. ularni tin-chitish uchun turli harbiy darajalar bera boshlagan: amirni malik, malikni esa xon darajasiga koʻtargan. Gʻ.P. davlat ishlariga layoqatsiz boʻlib, bu ish bilan onasi Bakluyo shugʻullangan, shu sababli u Turkon xotun kabi Xudovandi Jahon laqabini olgan. Raiyat saltanatdagi beboshlik, adolatsizlikdan norozi edi. Jaloliddin Hindistondan qaytgach, bular barham topgan.

Gʻ.P. Jaloliddinning Gruziyaga qilgan yurishida (1225) qatnashib qoʻshinning soʻl qanotini boshqargan. 1227 yil moʻgʻullarning Bayju noʻyon, Taynal noʻyon va boshqa rahbarligidagi qushini bilan Isfahon yaqinida boʻlgan jangda Gʻ.P. xiyonatkorona ravishda oʻziga tegishli askarlar va Jaloliddinning Jahon Pahlavon elchi boshchiligidagi harbiy qismi bilan jang maydonini tark etgan. Gʻ.P. Huzistonga yoʻl olib, u yerdan xalifaga elchi yuborib akasini tark etgani, xalifalikka qoʻshni boʻlib yashamoqchiligini bildirgan. Huzistondan Alamut, soʻng Kermonga Baroq hojib huzuriga qochgan. Baroq zoʻrlik bilan Gʻ.P.ning onasiga uylangan, bir ozdan keyin ularni oʻziga nisbatan suiqasd qilishda ayb-lab onasini, vazir Karim ash-Sharq va Jahon Pahlavon elchini qatl ettirgan, Gʻ.P.ni esa, qalʼaga qamab qoʻygan.

Faxriddin Hasanov.