Gʻirot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gʻirkoʻkdan yoʻnaltirildi)

Gʻirot, Gʻirkoʻk — "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlaridagi afsonaviy ot obrazi. Dostonlarda tasvirlanishi-cha, Goʻroʻgʻlini emizgan baytal bilan Xuroson koʻlidan chiqib kelgan aygʻir ("suv oti")dan urgʻochi qulun tugʻiladi. Goʻroʻgʻli bu qulunni tarbiyalab voyaga yetkazadi va uch yashar boʻlgach, Rayhon arabning tulporlaridan nasl oladi. Natijada Gʻ. tugʻiladi. U yetti kunlik boʻlganida, onasi oʻladi. Goʻroʻgʻli unga turli hayvonlar sutini berib parvarishlab, tulpor qilib yetishtiradi. Gʻ. — fantastik uslubda yara-tilgan obraz. U gapga tushunadi, zarur paytda qahramon (Goʻroʻgʻli)ga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, ehtiyot qiladi, dushmanlarni tishlab, tepib qaytaradi. Qahramon boshiga kulfat tushganda achinadi, yigʻlaydi; yarador boʻlib, ustida behush qolgan egasini bexatar yerga eltadi, qoʻriqlaydi, u asirga tushib qolsa, eliga xabar beradi va h.k.