Gʻaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻaza — shahar-qalʼa. Sirdaryo boʻyida joylashgan 7 shahar-qalʼadan biri. Aleksandr Sugʻdda Spitamen boshchili-gida qoʻzgʻolon koʻtarilganidan xabar topgach, sarkardasi Kraterni Kiropolga joʻnatib, oʻzi qarorgohiga yaqin joydagi shahar — Gʻ.ga qoʻshin tortgan. Gʻ.ning paxsadan ishlangan, uncha baland boʻlmagan mudofaa devori boʻlgan. Makedon qoʻshini Gʻ.ni bir hamla bilan olish niyatida devor atrofiga shotular oʻrnatgan. Biroq mudofaachilar ularni agʻdarib tashlagan. Piyodalar hujumga tashlangan chogʻda, kamonchilar va sopqonchilar devor tepasidagi shahar mudofaachilarini oʻqqa tutishgan. Ularga qarshi oʻq otuvchi moslamalardan ham foydalanishgan. Oʻqlar yomgʻiri ostida qolgan Gʻ. mudofaachilari devor tepasidan pastga tushishga majbur boʻlishgan. Shunda makedonlar devorga yana shotularni qoʻyib devor tepasiga chiqqanlar. Gʻ.dagi barcha er-kak aholi Aleksandrning buyrugʻiga koʻra qatl etilgan; ayollar, bolalar va boshqa jangchilarga oʻlja sifatida berilgan.

Manba: A r r i a n , Poxod Aleksandra, M.-L., 1962.