Gʻayrat Boymatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻayrat Zuhriddinovich Boymatov (1946.26.2, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1966) va Harkov badiiy sanoat institutini (1971) tugatgan. B. ijodiga badiiy joʻshqinlik, ramziy tasviriy yechim va vositalar, oʻz gʻoyasini turkum lavhalarda (asosan, akvarelda) yaratish xos. Asarlarida milliy madaniy meros (urfodatlar, hunarmandlik. tomosha sanʼati, anʼanaviy turmush tarzi)ni, qadrdon oʻlkaning goʻzal va betakror tabiatini, unga bogʻliq muammolarni yorqin lavhalarda aks ettiradi. Muhim asarlari: "Oʻzbekiston manzaralari" (1986), "Qora qoʻgʻirchoqlar" (1986), "Vizantiya koʻrinishlari" (1989), "Oʻrta Osiyoning qadimgi tangalari" (1995—97) turkumlari; aralash texnikada ishlangan "Oʻlimdan soʻng oʻzga qiyofada dunyoga kelish", "Zinapoyadan yuqoriga intilish", "Sayyoralar", "Rangdor tushlar" (1992); "Tush", "Qora quti", "Insonning yetti gunohi" toʻrtligi (1995-97) va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil