Gʻaybullo Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻaybullo Rahmonov (2-sentabr 1940, Qashqadaryo viloyati, hozirgi Kasbi tumani Xoʻjahayron qishlogʻi) — qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini Kasbi tumanidagi hozirgi Navoiy nomidagi shirkat xoʻjaligida traktorchilikdan boshlagan. Sharof Rashidov nomidagi shirkat xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi (1975—82). 1982—86 yillarda boʻlim boshqaruvchisi. 1986 yildan shu xoʻjalikda oilaviy pudratchi. Rahmonov rahbarlik qilgan jamoa uzoq yillar davomida paxta, gʻalladan yuqori hosil yetishtirishga erishdi. 1998 yilda 38 ga maydondan 38,5 sentnerdan paxta, 60 ga maydondan 42,3 sentnerdan gʻalla (2002 yilda 48 ga maydondan 62 s dan gʻalla, 46 ga yerdan 43 s dan paxta) hosili olindi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil