Gʻaybulla Hojiyev
G‘aybulla Hojiyev (1956-2020) – taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]G‘aybulla Hojiyev 1956-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Uning otasi bog‘bon, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. 1973—1977-yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan. 1976-yilda Abror Hidoyatov teatrida, 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida ishlashni boshlagan.
Aktyor 2020-yil 26-fevralda vafot etgan[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]G‘aybulla Hojiyev teatr va kino aktyori sifatida o‘nlab filmlarda rol ijro etgan. Jumladan, u teatr sahnalarida Azim Suyun qalamiga mansub „Sarbadorlar“ asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning „Sohibqiron“ asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriy asari asosida yozilgan „Mehrobdan chayon“ spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning „Afandining besh xotini“ spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning „Piri koinot“ spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning „Qirol Lir“ asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning „Yetti faryod“ spektaklida Sabalo kabi obrazlarni gavdalantirgan[3].
Hojiyev kino aktyori sifatida “Bobur” (1990), “Abulfayozxon” (1994), “Charxpalak” (1997–2000), “Shaytanat” (1998), “Muhabbat sinovlari” (2003), “Qaytar dunyo” (2006), “Shabbona” (2006), “Uqubat” (2009), “Oqpadar” (2012), “Iltimis, menga qarang!” (2012), “Papagandus” (2013), “Ibrat” (2020) kabi film va teleseriallarda rol ijro etgan[4].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi“ (2020-yil 26-fevral). Qaraldi: 2025-yil 11-noyabr.
- ↑ „Гайбулла Хаджиев“. Qaraldi: 2025-yil 11-noyabr.
- ↑ „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev vafot etdi“ (2020-yil 26-fevral). Qaraldi: 2025-yil 11-noyabr.
- ↑ „Mashhur aktyor G‘aybulla Hojiyev vafot etdi“ (2020-yil 26-fevral). Qaraldi: 2025-yil 11-noyabr.