Gʻarbiy sibir artezian havzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻarbiy sibir artezian havzasi — dunyodagi eng yirik artezian havzalardan biri; Gʻarbiy sibir tekisligida joylashgan. Maydoni qariyb 3 mln. km2. Havzaning suvli majmualari mezo-kaynozoy choʻkindi yotqiziqlarining qatlamlari va Gʻarbiy Sibir plitasining burmalangan poydevori jinslari bilan bogʻ-liq. Gʻ.Gʻarbiy sibir artezian havzasih. kesmada 2 gidrogeologik qavatga boʻlinadi. Yuqori qavat — oligotsen, neogen (havzaning jan. qismi) va antropogenning suvli majmualaridan tashkil topgan. Havzaning markaziy va shim. qismlaridagi suv koʻproq chuchuk (NSO,—Sa, NSO,— №Sa tarkibining minerallanishi 1,0 g/l gacha) suv taʼminoti uchun yarokli; havzaning jan. qismida suv koʻpincha 10—15 g/l gacha minerallashgan, kimyoviy tarkibi ham xilma-xil. Kuyi qavat boʻr va yura davrlari yotqiziqtarining suvli majmu-asini va poydevorning yer yuzasiga yaqin boʻlgan qismini oʻz ichiga olgan. Suvli qatlamlar havzaning faqat chek-kasida, ayniqsa, gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqqan. Bu yerda havza pastki qavatidagi yer osti suvlari zaxiralarining koʻpayishi kuzatiladi, suv taʼminoti uchun yaroqli boʻlgan chuchuk suvlar bir necha 100 m ayrim xollarda 1200 m gacha va undan ham koʻproq chuqurlikkacha boʻladi. Havzaning ichki qismida quyi qavatning yer osti suvlari 1000 m dan pastda joylashgan. Burgʻi quduqlari bilan ochilganda suv otilib yoki oqib chiqadi. Yer osti suvlarining minerallashganligi 20—30 g/l yoki undan ortiq. Yura yotqiziqlarida va plita poydevori hosilalarida 2500 m dan pastda 80 g/l gacha quruq qoldiqli shoʻr suvlar ochilgan. Suvning tarkibi: S1— N8, S1—Sa —N8 li. Gʻ.Gʻarbiy sibir artezian havzasih. markaziy qismidagi yuqori minerallashgan suvlar va shoʻr suatar uchun bromning 150– 200 mg/l va yodning 30–40 mg/l va undan ortiq tarkibi xos. Yer osti suvlarining temperaturasi 2500 – 3000 m chuqurlikda 100—150° ga yetadi. Quyi qavatning suvli majmualari bilan yirik neft va gaz zaxiralari bogʻliq. Havza yer osti suvlarini oʻrganish 19-asrning oxirlaridan boshlangan.