Gʻarbiy Chjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Gʻarbiy Chjou bronza qozoni

Gʻarbiy Chjou (xitoycha: 西周 ; miloddan avvalgi 1045 [1] — miloddan avvalgi 771) — qadimgi Xitoyning Chjou sulolasining birinchi davri. Sulolaga Chjou qiroli tomonidan Vu Muye jangida Shan sulolasi agʻdarilganidan soʻng asos solingan va Kuanron koʻchmanchilari uning poytaxti Xaojinni talon-taroj qilib, miloddan avvalgi 771 yilda Chjou qiroli Jouni oʻldirishlari bilan tugatilgan.

Ilk Gʻarbiy Chjou davlati [lower-alpha 1] taxminan yetmish besh yil davomida qudratli boʻldi va keyinchalik asta-sekin kuchini yoʻqotib bordi. Sobiq Shan yerlari tobora podshohdan mustaqil boʻlgan nasliy feodal yerlarga boʻlinib borgan. Miloddan avvalgi 771 yilda chjoular Vey daryosi vodiysidan quvib chiqarilganidan keyin haqiqiy hokimiyat qirolning nominal vassallari qoʻliga oʻtdi.

Fuqarolar urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur dastlabki davrdan kam manbalar saqlanib qolgan va Gʻarbiy Chjou davridagi sanalari noaniq boʻlgan shohlar roʻyxatidan iborat. Qirol Vu istilodan keyin ikki-uch yil o‘tib vafot etdi. Uning oʻgʻli, Chjou qiroli Cheng yosh boʻlganligi sababli, Vuning ukasi Chjou gersogi Ji Dan yosh va tajribasiz qirolga regent sifatida yordam beradi. Vuning boshqa aka-ukalari (Shu Du Kay, Guan Shu va Xuo Shu) Chjou gersogining kuchayib borayotganidan xavotirlari sababli mahalliy hukmdorlardan Vu Geng va Shan davri amaldorlari bilan ittifoqlikda Uch gvardiya qoʻzgʻolonini koʻtaradilar. Chjou gertsogi bu qoʻzgʻolonni bostirdi va koʻplab hududlarni Chjou bayrogʻi ostida birlashtirdi.[3] [4]

Gersog Shanning ilohiy boshqaruv huquqiga daʼvolariga qarshi turish uchun „Samoviy mandat“ rejasini ishlab chiqdi va Loyanga sharqdagi poytaxt sifatida asos soldi. [4] Feodal fendjian tuzumi bilan sharqda qirol qarindoshlari va sarkardalariga yerlar berildi. Bu hujjat Chjou hokimiyatini saqlab qolish uchun ishlab chiqilib, u oʻz hukmronligini yirik hududlarga kengaytirgan boʻlsa-da, sulola zaiflashgandan soʻng hududlarning mustaqil davlatlarga aylandi. Chjou gertsogi regent lavozimini tark etganidan soʻng Chen va uning oʻgʻli Chjou qiroli Kan hukmronligining qolgan davri tinch va farovon boʻlgan deya olamiz.

Keyingi hukmdorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Chjou sulolasining shaharlari

Toʻrtinchi podshoh, Chjou qiroli Chjao janubga, Chuga qarshi qoʻshin tortib borgan va Chjou qoʻshinining katta qismi bilan birga oʻldirilgan. Beshinchi qirol, Chjou qiroli Mu Gʻarb ona qirolichasi huzuriga afsonaviy tashrifi bilan esga olinadi. Hududlar janubi-sharqdagi Xu Rongga boy berilgan. Shohlik Muning uzoq hukmronligi davrida zaiflashadi. Chjou qirollari va mintaqa hukmdorlari oʻrtasidagi oilaviy munosabatlar avlodlar oʻtishi bilan zaiflashib borgani sababli, dastlab qirol aka-ukalari tomonidan tasarruf etilgan yerlar endi ularning amakivachchalari tomonidan nazorat qilina boshladi; chekka hududlardagi mahalliy hokimiyatlar obroʻ-eʼtiborini Chjou qirollik oilasi bilan tenglashtira boshladi. [4]

Keyingi toʻrtta qirolning hukmronligi (Chjou qiroli Gong, Chjou qiroli Yi (Ji Jian), Chjou qiroli Syao va Chjou qiroli Yi (Ji Xie)) haqida hujjatlar kam. Toʻqqizinchi podshoh Si gersogini qozonda qaynatishi vassallar endi avvalgidek itoatkor emasligini anglatadi. Oʻninchi Chjou qiroli Li (miloddan avvalgi 877-841) surgunqilindi va hokimiyatni oʻn toʻrt yil davomida Gongxe regentligi ushlab turdi. Lining agʻdarilishi Xitoyda qayd etilgan birinchi dehqonlar qoʻzgʻoloni natiajsi boʻlishi mumkin. Li surgunda vafot etgach, Gongxe nafaqaga chiqdi va hokimiyat Lining oʻgʻli Chjou qiroli Syuanga oʻtdi (miloddan avvalgi 827-782). Qirol Syuan qirollik hokimiyatini tiklashga harakat qildi, ammo uning hukmronligi davrida mahalliy hukmdorlar avvalgidek itoatkor boʻlishmadi. Gʻarbiy Chjou davrining oʻn ikkinchi va oxirgi shohi Chjou (miloddan avvalgi 781—771) edi. Chjou xotinini kanizak bilan almashtirganida, sobiq qirolichaning qudratli otasi baron Shen Suanrong varvarlari bilan birlashdi va miloddan avvalgi 771 yilda gʻarbiy poytaxt Xaojinni talon -taroj qildi va Qirol Chjouni oʻldirdi. Uning oʻldirilishi mahalliy davlatlar oʻrtasida Xitoyning Sin sulolasi tomonidan birlashishiga qadar davom etgan urushlarning boshlanishiga olib keldi. [lower-alpha 2] Chjou zodagonlarining aksariyati Vey daryosi vodiysidan chiqib ketishdi va poytaxtni Loyan yaqinidagi eski sharqiy poytaxt Chenjouda daryoning quyi qismida qayta tiklashdi. Bu bahor va kuz davri va urushayotgan davlatlar davriga boʻlingan Sharqiy Chjou davrining boshlanishi edi.

Chjou qirollari daromadlarining katta qismini Vey vodiysidagi qirollik yerlaridan olgan boʻlishi mumkin. Bu Chjou sharqdan siqib chiqarilganda qirol hokimiyatining toʻsatdan yoʻqotilishini tushuntirsa-da, buni isbotlash qiyin. Soʻnggi oʻn yilliklarda arxeologlar Vey vodiysida koʻmilgan Chjou quvgʻin qilingan davrga oid juda koʻp xazinalarni topdilar. Bu shuni anglatadiki, zodagonlar oʻz uylaridan quvilganda, yana qaytishga umid qilishgan, lekin hech qachon bunday boʻlmagan.

Qirollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Chjou xanjarlari
Vafotidan keyingi ismi Asl ismi Hukmronlik sanalari (miloddan avvalgi) [lower-alpha 3]
Taxminiy [7] Xan-Shan-Chjou xronologiyasi loyihasi boʻyicha [8]
Chjou qiroli Ven Chan (昌) 1099-1050 [lower-alpha 4]
Chjou qiroli Vu Fa (發) 1049-1043 1046-1043
Chjou qiroli Chen Son (誦) 1042-1006 1042-1021
Chjou qiroli Kan Chjao ((釗) 1005-978 1020-996
Chjou qiroli Chjao Xia (瑕) 977-957 995-977
Chjou qiroli Mu Man (滿) 956-918 976-922
Chjou qiroli Gon Yihu (繄扈) 917-900 922-900
Chjou qiroli Yi Jan (囏) 899-873 899-892
Chjou qiroli Syao Pifang (辟方) 872-866 891-886
Chjou qiroli Yi Xie (燮) 865-858 885-878
Chjou qiroli Li Xu (胡) 857-842 877-841
Gonghe regentligi 841-828 841-828
Chjou qiroli Xuan Jing (靜) 827-782 827-782
Chjou qiroli Chjou Gongni (宮涅) 782-771 781-771

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "...these early states are best known from archaeology and history to have been ruled by the dynastic houses such as that of Shang (1554–1046 BC) and of Western Zhou (1045–771 BC). Therefore, they can be called the early 'royal states'."[2]
  2. "...The collapse of the Western Zhou state in 771 BC and the lack of a true central authority thereafter opened ways to fierce inter-state warfare that continued over the next five hundred years until the Qin unification of China in 221 BC"[2]
  3. The Han historian Sima Qian felt unable to extend his chronological table beyond 841 BC, the first year of the Gonghe Regency, and there is still no accepted chronology in Chinese history before that point.[5][6]
  4. Shaughnessy dates the Zhou conquest of the Shang to 1045 BC. Earlier dates represent the pre-dynastic Zhou.[9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Li (2013).
  2. 2,0 2,1 Li (2013), p. 6.
  3. Chinn (2007).
  4. 4,0 4,1 4,2 Hucker (1978).
  5. Shaughnessy (1999), p. 21.
  6. Lee (2002), pp. 16–17.
  7. Shaughnessy (1999).
  8. Lee (2002).
  9. Shaughnessy (1999), p. 23.

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shaughnessy, Edward L. (1999) "Western Zhou history" in Loewe The Cambridge History of Ancient China Cambridge: Cambridge University Press pp. 292–351 ISBN 978-0-521-47030-8. 
  • Li, Feng (2003), "'Feudalism' and Western Zhou China: a criticism", Harvard Journal of Asiatic Studies 63 (1): 115–144, doi:10.2307/25066693. 
  •    (2006), Landscape and Power in Early China: The Crisis and Fall of the Western Zhou 1045–771 BC, Cambridge University Press, ISBN 978-0-521-85272-2.