Gʻafurov Ibrohim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻafurov Ibrohim (1937.27.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim, tarjimon. Filol. fanlari nomzodi (1973). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1963), boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari (1970—82). "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gaz.da bosh muharrir oʻrinbosari (1982—95). "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisining birinchi oʻrin-bosari (1995), "Milliy tiklanish" gaz. bosh muharriri (1995 yildan), partiya MK raisi (1996 — 2004). Gʻ.ning ilmiy faoliyati adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning muhim masalalariga bagʻishlangan. Asarlarida badiiyatda haqqoniylik, insoniylik. adolat, milliy oʻziga xoslik va xolislik prinsiplarining namoyon boʻlishi hodisalari tahlil qilingan.

F.M.Dostoyevskiy ("Jinoyat va jazo", "Telba", "Qimorboz"), E.Xe-minguey ("Chol va dengiz", "Alvi-do, qurol"), Ch.Aytmatov ("Qiyomat", "Chingizxonning oq buluti"), Gi de Mopassan ("Azizim"), Nozim Hikmat ("Surur") romanlarini, hind ilohiy kitobi "Panchatantra"ni, Konfutsiy hikmatlarini va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "Gʻafur Gʻulom" (1983), "Maq-sud Shayxzoda" (1987), "Zulfiya" (1985), "Boborahim Mashrab" (1984) hujjatli filmlari ssenariysi muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1-, 2- chaqi-riq Oʻzbekiston Oliy Majlis deputati.

Manbalar[tahrir]

  • Goʻzallikning olmos qirralari, T.. 1963; Joziba, T.. 1970; Yonar suz. T.. 1973; Yam-yashil daraxt, T.. 1975; Prozaning shoiri, T.. 1981; Lirikaning yuragi, T., 1983; Iltijo, T., 1991; Dil erkinligi. T., 1998.