Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi
| Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi | |
|---|---|
| Asos solingan sana | 1983-yil |
| Joylashuvi | Oʻzbekiston, Toshkent, Arpapoya koʻchasi, 1 |
| Direktor | Olmos Gafurovna |
41°18′26″N 69°14′49″E / 41.30722°N 69.24694°E Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi – Atoqli oʻzbek yozuvchi-shoiri, Oʻzbekiston xalq artisti Gʻafur Gʻulom tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan[1][2]. Bu muzey ikki qavatli hovli-uyi Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan boʻlib, 1944-1966-yillarda adib u yerda yashab ijod qilgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uy-muzeyni ochish to'g'risidagi farmon O'zbekiston rahbari tomonidan 1981-yilda imzolangan.
G'afur G'ulom uy-muzeyi 1983-yilda tashkil etilgan va keyinchalik 1988-1998 yillar oralig'ida kolleksiya doimiy ravishda to'ldirilib va yangilanib borgan[3]. Yozuvchi va shoirning qizi Olmos G'afurovna direktor etib tayinlandi. 1993-yilda muzey G'afur G'ulom tavalludining 90 yilligini va 1998-yilda uning 95 yilligini nishonladi[4].
Muzey ikki qismga bo'lingan. Birinchisi, yozuvchi yashagan yodgorlik binosi, ikkinchisi esa asosiy ko'rgazma joylashgan ikki qavatli bino. U 2003-yilda G'afur G'ulomning 100 yilligi munosabati bilan qurib bitkazilgan.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent metro bekati, koʻchasi, adabiyot nashriyoti, Qoʻqondagi oʻlkashunoslik muzeylariga adib Gʻafur Gʻulom nomi berilgan[3].
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dom-muzey Gafura Gulyama (Wayback Machine saytida 2015-02-08 sanasida arxivlangan). Afisha. Uz.
- Dom-muzey Gafura Gulyama: Informatsiya ob interesneyshix muzeyax Tashkenta. OrexCA.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. rutraveller.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. MYDAY.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. Muzei Tashkenta.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дом-музей Гафура Гуляма“. Афиша.Уз. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
- ↑ „Дом-музей Гафура Гуляма: Информация об интереснейших музеях Ташкента“. OrexCA. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
- 1 2 „Дом-музей Гафура Гуляма“. MYDAY. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
- ↑ „Дом-музей Гафура Гуляма“. Музеи Ташкента. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.