Gʻozqanjir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'ozqanjirdan yoʻnaltirildi)

Gʻozqanjir, suv tovugʻi — gʻozqanjirlar urugʻiga mansub qush. Avstraliyadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Tanasi 35 sm ga, vazni 200—350 g ga yaqin. Oyoqlari uzun, dumi va tumshugʻi qisqa. Usti qoʻngʻir-sargʻish, yon qismi koʻndalang oq yoʻlli, qorni kulrang, boshi qora, peshonasida qizil dogʻi bor.

Chuchuk suv havzalari atrofidagi qamishzor, butazor va oʻtli joylarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Uyasini qamishlar orasiga yoki butalarga quradi. Yilda 2-marta 6—12 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini 20— 22 kun bosadi. Suv hasharotlari bilan oziqlanadi. Shimoliy mintaqalarda yashaydigan Gʻ. janubiy oʻlkalarda qishlaydi. Ovchilik ahamiyatiga ega emas.