Gʻoibiy Abdurahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'oibiy Abdurahmondan yoʻnaltirildi)

Gʻoibiy Abdurahmon (1899, Margʻilon — 1931, Moskva) — maʼrifat-parvar pedagog. Rus-tuzem maktabi (1915), Orenburgdagi "Madrasai Husayniya" (1918), Toshkentdagi mao-rif instituti (1921) ni tugatgan. Arab, fors, turk, rus tillarini bilgan. Qoʻqon va Margʻilon shaharlaridagi maktablarda (1919—20), Toshkentdagi oʻqituvchilar tayyorlash kursida (1921 — 23) oʻqituvchi, 1-internat mudiri (1923—25), Fargʻonada oʻqituvchilar tayyorlash kursida mudir (1925—26), Fargʻona taʼlim-tarbiya texnikumida ilmiy mudir, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi, okrug xalq maorif boʻlimi, Oʻzbekiston maorif xalq komissarligida metodist (1926— 30). 1931-yil millatchi sifatida qamoqqa olinib, Moskvaga joʻnatilgan. "Yozu-vimizni lotinga oʻtkazish" (1930. samarqand), "Ona tili va adabiyotdan oʻqitish yoʻllari" (1930, Samarqand), "Kattalarni qanday oʻqitish kerak?" (1930, Toshkent-Boku) oʻquv qoʻllan-malari muallifi. "Fargʻona xalq qoʻshiklari"ni toʻplagan.