Gʻoʻza poya kuyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'o'za poya kuyasidan yoʻnaltirildi)

Gʻoʻza poya kuyasi (R1a1uyeyoga uTSeIa.) — oʻyiqqanotli kuyalar oilasiga mansub tur. Kapalaklarining qanoti yoyilganda 17 mm cha; old qanotlari och jigarrang, orqa qanotlari esa qoʻngʻirroq kulrang boʻlib, uzun hoshiyalar bilan oʻralgan. Qurti xira oq rangda, uz. 11 mm cha, boshi qoramtir, qalqoni birinchi boʻgʻimda. Gʻumbagi jigarrang, tanasining oxirgi qismida uchi qay-rilgan kalta, yoʻgʻon tikani bor. zararlangan oʻsimlik poyasila qurt holida qishlaydi. Kech ekilib, zaiflashgan va oʻsishdan orqada qolgan gʻoʻzalarda, yovvoyi gulxayri chakalaklarida uchraydi. Zararkunanda Oʻrta Osiyoda 2 boʻgʻin beradi. Birinchi boʻgʻin ariq boʻyi va daryo qirgʻoqlarida oʻsuvchi gul-xayri poyasining uchki qismida rivojlanadi. Ikkinchi boʻgʻinning rivojlanishi may—iyul oylari gʻoʻzaning shonalash va gullash davriga toʻgʻri keladi. Urgʻochisi gʻoʻzaning uchki qismlariga bittadan tarqoq holda tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari poyani teshib (5 — 9 sm gacha) kiradi. Oʻsimlikning zararlangan uchki qismi quriydi va u shoxlab ketadi. kuyalar, ayniqsa, rivojlanishdan orqada qolgan dalalarga zarar yetka-zadi.

Kurash choralari: kuyalarning birinchi boʻgʻini gʻumbakka aylangunga qadar atrofdagi gulxayrilarni oʻrib, yoqib yuborish; tunlamlarga qarshi qoʻllanadigan kimyoviy vositalardan foydalanish.