Daugava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'arbiy Dvinadan yoʻnaltirildi)
Daugava
latishcha: Daugava
Rigadagi Daugava
Rigadagi Daugava
Tavsif
Uzunligi 1 020
Suv sarfi 678 m³/s
Joylashuvi
Davlat Belarus, Rossiya va Latviya
Daugava


Daugava (latishcha: Daugava) — Latviya, Belarus va Rossiyadagi daryo (Rossiyada Gʻarbiy Dvina deb ataladi). Uzunligi 1020 km, havzasi maydoni 87,9 ming km². Valday qirlaridan boshlanib, Volganing boshlanish qismidan gʻarbroqda Boltiq dengizining Riga qoʻltigʻiga quyiladi. Irmoqlari: chapda — Meja, Kasplya, Luchesa, Ulla, Disna; oʻngda — Toropa, Drissa, Dubna, Ayviyekste, Ogre. Qor, grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 678 m³/sek. Dekabrdan martgacha muz oqib turadi. Daugavada 3 ta GES (Kegum, Plyavin, Riga) bor. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Berezina kanali orqali Dnepr daryosi bilan bogʻlangan. Daryo boʻyida Vitebsk, polotsk, Daugavpils, Yekabpils, Gʻarbiy Dvina shaharlari, quyilish joyida Riga shahri va dengiz porti joylashgan.