Abduali Gʻaniyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'aniyev Abdualidan yoʻnaltirildi)

Abduali Gʻaniyev (1931.21.12 - Toshkent — 1999.8.10) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), kimyo fanlari doktori (1974), professor (1977). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1958-yildan). Ilmiy ishlari neytron aktivatsiyasi va ekstraksiyasi usullarini qoʻllab nodir metallarning mikrokonsentratsiyasini aniqlashga oid. Gʻ. Rahbarligida aktivatsion analizning radiokimyoviy uslublari, platinoidlar, oltin va kumushni jelatina hosil. qiluvchi, jumladan tio va ditiofosfat kislotalar hamda mahalliy xom ashyodan tayyorlangan reagentlar yordamida ekstratsion konsentrlash va ajratish usullari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1982).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Metodm aktivatsionnogo analiza blagorodnnx i redkix metallov, T., 1977; Zako-nomernost transvliyaniya v kompleksnnx soyedineniyax kobalta, T., 1998.