Kontent qismiga oʻtish

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati saralashi (CONCACAF, birinchi bosqich)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2026-yilgi jahon chempionati saralashi (CONCACAF, birinchi bosqich)
Umumiy maʼlumotlar
Sana 2024-yil 22–26-mart
Jamoalar (1 ta konfederatsiyadan)
Statistika
Oʻyinlar soni 4
Gollar soni (har oʻyinda oʻrtacha 1 ta)
Muxlislar soni 1 780 (har oʻyinda oʻrtacha 445 ta)
Toʻpurar(lar) Angilya Luke Paris
Britaniya Virgin orollari Hugo Liziario
Terks va Kaykos orollari Billy Forbes
Amerika Virgin orollari Jett Blaschka
(har biri 1 ta goldan)
Avvalgisi 2022
Keyingisi 2030

2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining CONCACAF mintaqasi birinchi bosqichi oʻyinlari 2024-yil 22- va 26-mart kunlari boʻlib oʻtdi[1].

CONCACAF saralash bosqichida ro‘yxatdagi eng past reytingdagi to‘rt jamoa ikki juftlikka bo‘lingan holda, uy va safardagi ikki o‘yindan iborat tizimda bellashdi. G‘olib chiqqan ikki jamoa ikkinchi bosqichga yo‘l oldi[2].

Guruhlash 2023-yil dekabr oyidagi FIFA erkaklar terma jamoalari reytingiga asosan amalga oshirildi[3][4].

Eslatma: Qalin uslubda yozilgan jamoalar ikkinchi bosqichga yo‘l olgan.

Yuqoriroq o‘rindagi jamoalar Quyiroq o‘rindagi jamoalar

Birinchi bosqichdagi juftliklar quyidagicha oldindan belgilangan edi:

  • Birinchi o‘rindagi jamoa — to‘rtinchi o‘rindagi jamoaga qarshi
  • Ikkinchi o‘rindagi jamoa — uchinchi o‘rindagi jamoaga qarshi

Reytingda pastroq o‘rinda turgan jamoalar birinchi o‘yinga mezbonlik qildi, yuqoriroq o‘rindagi jamoalar esa javob uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazdi.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi uchrashuvlar 2024-yil 22-mart kuni, javob uchrashuvlari esa 26-mart kuni oʻtkazildi[5].

Birinchi jamoaUmumiy hisob Tooltip Aggregate scoreIkkinchi jamoa1-oʻyin2-oʻyin
Angilya 1–1 (4–3 p) Terks va Kaykos orollari0–01–1 (q.v)
Amerika Virgin orollari 1–1 (2–4 p) Britaniya Virgin orollari1–10–0 (q.v)
Angilya 0–0 Terks va Kaykos orollari
Report (FIFA)
Report (CONCACAF)
Muxlislar soni: 618[6]
Bosh hakam: Natalie Simon (Qoʻshma Shtatlar)
Terks va Kaykos orollari 1–1 (Q.v) Angilya
Report (FIFA)
Report (CONCACAF)
Penaltilar seriyasi
3–4
Muxlislar soni: 337
Bosh hakam: Reginald Gumbs (Sent-Kitts va Nevis)

Umumiy hisob 1–1. Angilya penaltilar seriyasida 4–3 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqich (F guruhi)ga yoʻl oldi.


Amerika Virgin orollari 1–1 Britaniya Virgin orollari
Report (FIFA)
Report (CONCACAF)
Muxlislar soni: 295[7]
Bosh hakam: Katia Itzel García (Meksika)

Umumiy hisob 1–1. Britaniya Virgin orollari penaltilar seriyasida 4–3 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqich (E guruhi)ga yoʻl oldi.

4 oʻyinda jami 4 ta gol urildi, har bir oʻyinda oʻrtacha 1,00 gol.

1 ta gol

Quyidagi qoidabuzarliklar uchun futbolchi avtomatik ravishda navbatdagi oʻyindan chetlatiladi[8]:

  • qizil kartochka olish (agar buzilgan qoida jiddiy boʻlsa, qizil kartochka tufayli berilgan chetlatish muddati uzaytirilishi mumkin)
  • ikki alohida oʻyinda sariq kartochka olish (bunday holatda berilgan chetlatish keyingi saralash bosqichlariga oʻtkaziladi, lekin yakuniy bosqichga yoki boshqa xalqaro musobaqalarga tatbiq etilmaydi).

Birinchi bosqichda hech qanday diskvalifikatsiya holati kuzatilmadi.