Fusō (Aichi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fusō

扶桑町
Shaharcha
Skyline of Fusō
Fusō
Bayroq
Fusō
Gerb
35°21′32.7″N 136°54′47.6″E / 35.359083°N 136.913222°E / 35.359083; 136.913222 G OKoordinatalari: 35°21′32.7″N 136°54′47.6″E / 35.359083°N 136.913222°E / 35.359083; 136.913222 G O
Mamlakat Yaponiya
Viloyat [[Chūbu viloyati
Tōkai viloyati]]
Prefektura Aichi
Yaponiya tumanlari|tuman Niva
Hukumat
 • - Mayor Mitsuru Edo
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 11.19 km2 (4.32 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-oktyabr)
34 144
Zichligi 3100 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0587-93-1111
Fusō xaritada
Fusō
Fusō

Fusō (yaponcha: 扶桑町 Fusō-chō?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Niva tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharchada 14017 ta xonadonda 34144 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 3051 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 11,19 kvadrat kilometr (4,32 mi²) ga teng

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fusō Gifu prefekturasi bilan chegaradosh, Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar hududidan Kiso va Gojo daryosi oqib oʻtadi.

Fusō shaharchasidagi aholining oʻsish koʻrsatkichlari

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aichi prefekturasi

Gifu prefekturasi

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Fuso aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19408,246—    
195010,549+27.9%
196011,344+7.5%
197021,317+87.9%
198027,254+27.9%
199029,21+7.2%
200031,728+8.6%
201033,56+5.8%

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Fusōda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1872 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,1 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,0 °C atrofida boʻladi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fusō hududi asosan Edo davrida Tokugava syogunati hukmronligida Ovari domenining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, 1872-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Niva tumani hududida Yamana va Toyokuni qishloqlari tashkil etildi. Fusō qishlogʻi 1906-yil 1-oktyabrda Yamana va Toyokuni qoʻshni Takao va Kashivamorining bir qismi bilan birlashishi orqali tashkil etilgan. Fusō 1952-yil 1-avgustda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi davrga qadar bu hududda ipakchilik va tut bargi yetishtirish rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi, xususan daikon turpini yetishtirish mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi hisoblanadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fusōda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meitetsu — Inuyama liniyasi

  • Kashivamori — Fusō — Kotsuyōsui

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Milliy yoʻnalish 41

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fusōning nolinchi kilometri
Fusō shahar gimnaziyasi
Fusō stansiyasi
Fusō shahridan oʻtuvchi magistral yoʻllar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]