Fuqarolik protsessual huquqi
Fuqarolik protsessual huquqi — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish, shuningdek, sudlar va boshqa ayrim organlar karorlari ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqih.ning predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsess ning boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqih. fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga solib, qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudning, protsess ishtirokchilarining, sud qarorini ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday harakatlarning oqibatlari nimadan iborat boʻlishi (mas, ish haqi undirilishi, keltirilgan zarar toʻlanishi)ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqih. huquqning boshqa sohalari, chunonchi jinoyat protsessual huquqi bilan bogʻliq. Huquqning bu har ikki sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqih.ning asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining FPKdir.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |