Funikulyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Funikulyor (lot. funiculus — arqon) — qiya yoʻnalishda, qisqa masofada yuk va yoʻlovchilarni vagonlarda tashiydigan tor (1000 mm) izli temir yoʻl. Vagonlari elektr dvigatel, chigʻir (lebyodka) va poʻlat arqon (kanat) vositasida harakatlantiriladi. F.dan birinchi marta 1854 yilda Italiya(Genuya) va Avstraliya (Zommering)da foydalanilgan. 20-asr boshlarida Nijniy Novgorod (Rossiya), Kiyev (Ukraina) shaharlari va boshqa shaharlarda paydo boʻlgan. Keyinchalik boshqa shaharlarga tarqalgan. F.ning asosiy qismlari: relsli iz, pastdagi va yukrridagi styalar (baʼzan oraliq stya ham boʻladi), vagonlar. F. avariya tormozlari, signalizatsiya, aloqa va blokirovka vositalari bilan taʼminlanadi. F. bir izli (koʻp tarqalgan), ikki izli va uch izli; bir vagonli va koʻp vagonli boʻlishi mumkin. Bir vagon bir izdan koʻtarilganda, ikkinchi vagon boshqa izdan pastga tushadi, F. izlarining oʻrtacha uzunligi — 400 (baʼzan 1500 mm dan oshishi ham mumkin), qiyaligi — 0,78, vagonlarga 60— 200 kishi sigʻadi, harakatlanish tezligi 2–5 m/sek. F. shaharlar, kurort joylarda, togʻli mamlakatlar (Shveysariya, Italiya, Avstriya, Ukraina, Gruziya, Rossiya va boshqalar)da bor (2005).